K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

AVTOMOBIL  DIZEL  YONILG‘ILARI
3. 1.
 Dizel yonilg‘isiga qo‘yiladigan asosiy
ekspluatatsion talablar
Dizel  yonilg‘isi  benzinga  nisbatan  bir  qator  afzalliklarga  ega 
bo‘lganligi, ya’ni tejamliroq, yonilg‘i sifatida neftning ancha keng 
va og‘irroq fraksiyalarini ishlatish mumkinligi, yong‘in chiqish 
xavfi kamligi, dvigatelni yurgazish osonligi, ishonchli va uzo
qroq 
ishlay  olishi  tufayli  keng  tarqalgan.  Dizel  dvigatellari,  asosan, 


60
og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobillarga o‘rnatiladi. Bu dvigatellarda 
yonilg‘i sifatida dizel yonilg‘isidan foydalaniladi. 
Dizel  yonilg‘isi  –  qaynash  harorati  200–350°C  bo‘lgan  ug
-
levodoroddan  tashkil  topgan  neft  fraksiyasidan  iborat.  Dizel 
yonilg‘isi rangi sariqdan och jigarrangacha bo‘lgan suyuqlik (bu 
rangni yonilg‘i tarkibidagi smola beradi) bo‘lib, qovushoqligi 
benzinnikiga nisbatan yuqori va qiyin bug‘lanadigan yonuvchi 
suyuqlikdir. Ularning tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 87 foiz 
uglerod, 13 foiz vodorod, 0,5 foizgacha oltingugurt, juda oz 
miqdorda kislorod va azot bor. Dizel yonilg‘isining zichligi benzin
-
ning zichligi kabi suvning zichligidan kichik (0,78–0,86 g/sm
3
) va 
suvda erimaydi. Dizel yonilg‘isi benzin bilan ishlaydigan dvigatelli 
avtomobillarga nisbatan 25–30 foiz tejamli bo‘lgan dizel dvigatel-
larida ishlatiladi. Dizel yonilg‘ilari yonganida (yonish jarayonida) 
o‘rtacha  42,5 mJ/kg  issiqlik  ajralib  chiqadi. 
Dvigatelning ishonchli ishlashi va, shu bilan birga, ularga tex
-
nik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarining miqdori bevosita 
yonilg‘i sifatiga bog‘liq. 
Yonilg‘i xususiyatlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish di-
zel dvigatellarining samaradorligi va avtotransport korxonalarining 
rentabelligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir. 
Dizel yonilg‘isi markalari bir­biridan zichligi va sirt taranglik 
kuchi (25–30 mN/m) bo‘yicha kamroq, qovushoqligi va boshqa xu-
susiyatlari bo‘yicha esa juda katta farq qilishi mumkin. 
Dizel dvigatellarida yonilg‘i to‘la va sifatli yonishi uchun ular 
quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak:
– yuqori bosimli nasos uzluksiz va puxta ishlashi uchun yonilg‘i 
yaxshi so‘rilishi va haydalishi (optimal qovushoqlikka, zarur past 
harorat xossalariga ega bo‘lishi, tarkibida suv hamda mexanik ara-
lashmalar bo‘lmasligi) lozim;
– mayin to‘ziydigan va yaxshi aralashma hosil qiladigan bo‘li-
shi, buning uchun esa qovushoqligi va fraksion tarkibi optimal 
bo‘lishi zarur;
61
– dvigatel oson yurgizib yuborilishi va «yumshoq» ishlashi 
uchun tutun hosil qilmasdan batamom yonishi kerak (yonilg‘ining 
setan soni, qovushoqligi va fraksion tarkibiga bog‘liq);
– klapanlarda, porshenlarda va porshen halqalarida ko‘p qurum 
hosil bo‘lmasligi, ninalar osilib qolmasligi hamda forsunkalarning 
to‘zitkichlari kokslanmasligi lozim (yonilg‘ining kimyoviy hamda 
fraksion tarkibiga, tozalash usuli va darajasiga bog‘liq);
– sig‘imlarni, yonilg‘i quvurlarini, yonilg‘i berish tizimini va 
dvigatel detallarini korroziyalamasligi kerak (oltingugurtli birik-
malar, organik hamda mineral kislotalar, suv miqdoriga bog‘liq);
– barqaror yonishi hamda yonganida mumkin qadar ko‘p issiq-
lik chiqarishi (uzoq muddat saqlanganida xossalarni o‘zgartirmasli-
gi) zarur. 
3. 2.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə