K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Dizel yonilg‘isining qovushoqligi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Dizel yonilg‘isining qovushoqligi
Benzinli dvigatellar uchun benzinning qovushoqligi ahamiyatga 
ega emas, chunki uning qovushoqligi suvnikidan ham kichik. Di
-
zel dvigatelida esa yonilg‘ining qovushoqligi katta ahamiyatga ega: 
uning kamayishi ham, oshishi ham dvigatelning yomon ishlashiga 
olib keladi. 
Qovushoqlik
 tashqi kuch ta’sirida suyuqlik zarralari 
harakatlanganida bir-biriga ko‘rsatadigan qarshilikdir. 
Dizel yonilg‘isining qovushoqligini belgilovchi ko‘rsatkich 
ki
­
nematik qovushoqlik
 
deyiladi. Yonilg‘ining yonish kamerasida 
to‘zitilish sifati kinematik qovushoqlikka bog‘liq. Yonilg‘ining 
qovushoqligi juda katta bo‘lsa, u mayin to‘zimaydi, bug‘lanish-
ga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi, oqibatda yonilg‘i chala yonadi (yonib 
ulgurmaydi),  uning  sarfi  ortadi,  qurum  hosil  bo‘lishi  ko‘payadi, 
chiqindi gaz qorayib chiqadi, tutay boshlaydi. Yonilg‘ining qo-
vushoqligi kichik bo‘lsa, yonilg‘i nasosining detallariga yonilg‘i 
yaxshi surkalmaydi, buning oqibatida nasosning plunjerli juftlari 
tez yeyiladi. Bundan tashqari, yonilg‘i oqimi yonish kamerasining 
ichkarisiga yetib bormaganligi sababli silindrlarda aralashma hosil 


62
bo‘lish sharoitlari yomonlashadi. Yonilg‘i forsunka teshiklari orqa-
li sizib chiqishi mumkin. Bu esa qurum hosil bo‘lishini ko‘paytira-
di. Yonilg‘ining sizib chiqishi va oqishi tufayli uning sarfi ortadi. 
Qovushoqligi o‘rtacha bo‘lgan dizel yonilg‘isidan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Bunda yonilg‘i juda mayda va bir xil tarkibli 
tomchilar tarzida to‘zitiladi, bug‘lanish, aralashma hosil bo‘lishi 
va  uning  yonish  jarayonlari yaxshilanadi. Manfiy  haroratda bun
-
day yonilg‘ining oquvchanligi yaxshiroq bo‘ladi, u quvurlar, mayin 
tozalash filtrlari, yuqori bosimli nasoslardan oson o‘tadi. Bundan 
tashqari, ichki ishqalanishni yengishga kamroq energiya sarflanadi. 
Yuqorida  keltirilgan  fikrlar,  dizel  yonilg‘ilari  ma’lum  (opti
-
mal) qovushoqlikka ega bo‘lishi lozimligini taqozo etadi. Harorat 
o‘zgarishi bilan qovushoqlik ham o‘zgaradi. Shuning uchun qo-
vushoqlikning qiymatini ko‘rsatishda u qanday haroratda aniqlan-
ganligini ham ko‘rsatish zarur. Davlat standarti talablariga binoan, 
dizel yonilg‘isi uchun 20°C haroratdagi qovushoqlik me’yorla-
nadi. Standart talablariga binoan yozgi yonilg‘ining qovushoqli-
gi 3,0–6,0 mm
2
/s; qishki yonilg‘ilar uchun 1,8–3,2 mm
2
/s; arktik 
yonilg‘ilar uchun 1,5 mm
2
/s ga teng deb belgilangan. 
Qovushoqligining oshishi yonilg‘ining yurgazib yuborish xos-
salariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yozgi va qishki yonilg‘ilar qovu-
shoqligining o‘zgarish tavsifi 3. 1­ rasmda ko‘rsatilgan.
3. 1- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə