K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Moy qovushoqligining haroratga bog‘liqligi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Moy qovushoqligining haroratga bog‘liqligi. 
Ekspluatatsi-
ya sharoitining doimiy emasligi tezlik va yuklanish omillarining 
o‘zgarib turishi, yil fasllarining o‘zgarishi uzel va agregatlarda 
ishlatilayotgan moylarning harorati o‘zgarishiga olib keladi. Ish 
haroratining o‘zgarishi natijasida moyning qovushoqligi imkoniyat 
qadar kam o‘zgarishini ta’minlash uchun moy qovushoqligi harorat 
ta’sirida kam o‘zgarishi bo‘yicha talablar qo‘yiladi. 
Moy  qovushoqligining  haroratga  bog‘liqlik  tavsifi  sifati
-
da moyning 50°C va 100°C lardagi qovushoqliklari orasidagi 
farqdan foydalaniladi. Moy tarkibiga bir necha ming xil turdagi 
uglevodorodlar kirganligidan harorat o‘zgarishi bilan ularning qan-
day holatga kelishini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun motor 
moylariga oid standartlarda faqat 100°C dagi qovushoqlik qiymati-
nigina keltirmasdan, 0°C dagi qovushoqlik qiymati ham keltiriladi, 
shuningdek, qovushoqlik indeksi ko‘rsatiladi. Qovushoqlik indeksi 
o‘lchovsiz kattalik bo‘lib, etalon moyga nisbatan tekshirilayotgan 
moyning qovushoqligini haroratga bog‘liq holda o‘zgarish daraja-
sini ko‘rsatadi. Qovushoqlik indeksini aniqlashda maxsus jadvallar 
va nomogrammalardan foydalaniladi. 
Harakat o‘zgarishi bilan, qovushoqligi qancha kam o‘zgarsa, 
moyning qovushoqlik xossalari shuncha yomon va qovushoqlik in-
deksi past bo‘ladi. Indeksi yuqori bo‘lgan moyning qovushoqligi 


112
yuqori bo‘ladi, bunday moylar yuqori haroratlarda ishqalanayotgan 
detallarni ishonchli holda moylaydi, past haroratlarda esa dvigatelni 
yurgazib yuborishni qiyinlashtiradigan darajada quyuqlashmaydi. 
Ko‘pchilik hollarda moylarning standart haroratlardan bosh-
qa haroratlardagi qovushoqligini aniqlash zarurati paydo bo‘ladi. 
Moyning  belgilangan  qovushoqlikka  еgа  bo‘lish  haroratini  (dvi
-
gatellar uchun moyning ishga tushirish xususiyatini baholash bilan 
bog‘liq bo‘lgan) aniqlash yana-da muhim. Qator tekshirishlar nati-
jasida dvigatelning oson ishga tushirilishini ta’minlaydigan va bun-
da detallarning kuyish va jadal yeyilishining oldini olishni ta’min-
laydigan qovushoqlik chegarasi motor moylari uchun 1 · 10
4
 
mm
2
/s 
deb belgilangan. Moyning ishga tushirish xususiyati deganda, moy 
qovushoqligi 1–104 mm
2
/s bo‘ladigan haroratni hisoblash yo‘li bi-
lan aniqlash tushuniladi. Moy qovushoqligi 2–104 mm
2
/s gа yetsa, 
moyni moylash tizimida aylanishi to‘xtaydi. 
Moy qovushoqligining haroratga bog‘liqlik xususiyatini yax-
shilashning eng samarali usullaridan biri moyga qovushoqligi 
yuqori bo‘lgan qo‘shilmalar qo‘shishdir. Bunday qo‘shilmalardan 
nisbatan keng tarqalgani molekular massasi 10000–20000 gacha 
bo‘lgan poliizobutilendir. Poliizobutilen va boshqa qo‘shilmalarni 
moyga 2–5 foiz miqdorida aralashtirish moyning qovushoqligini 
bir necha marta (har qanday haroratlarda deyarli bir xil) oshiradi. 
Moylarga qo‘shilmalar qo‘shib quyultirish yo‘li bilan bir qa-
tor moylar olinadi, jumladan, keng qo‘llaniladigan moylardan biri 
– M–4
3
/6B1 moyi. Vazifasi va 100°C dagi qovushoqligi bir xil 
bo‘lgan M–6A va M–4
3
/6B
1
 moylarini o‘zaro taqqoslash ularning 
harorat ta’sirida o‘z xususiyatlarini turlicha o‘zgartirishini ko‘rsa-
tadi. M–6A moyidan foydalanilganida dvigatelni ishga tushirish 
mumkin bo‘lgan eng past harorat (qizdirmasdan) minus 25°C 
bo‘lsa, M–4
3
/6B
1
 moyidan (quyultirilgan moy) foydalanilganida 
esa minus 40°C. 
113
5. 1. 5.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə