114
Korrozion yemirilish tezligiga suv katta ta’sir ko‘rsatadi. Stand-
artlarga ko‘ra, yangi moylarda suv bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Le-
kin moyni noto‘g‘ri tashish, saqlash va mashinaga noto‘g‘ri quyish
natijasida moyga suv tushishi mumkin. Bundan tashqari, ish vaqti-
da dvigatelga gazlar bilan birga kiruvchi suv bug‘lari moyga tu-
shadi. Bu gazlar yonilg‘idagi vodorodning yonishi natijasida pay-
do bo‘lganligidan ularda ko‘p suv bo‘ladi. Shu sababli kimyoviy
yeyilishning oldini olishning asosiy shartlaridan biri ishlatiladi-
gan moylarda suv bo‘lmasligiga erishishdir. Bir qator moylarning
tarkibida oz miqdorda (0,025 foizgacha) suv bo‘lishiga, shuning-
dek, foizning yuzdan bir ulushi miqdorida mexanik aralashmalar
bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Mazutdan olingan barcha moylar 50°C haroratgacha yuqori
fizikaviy va kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘ladi. Ular tashish va
uzoq vaqt saqlash jarayonida o‘z xususiyatlarini sezilarli darajada
o‘zgartirmaydi. Shuning uchun moy zaxiralarini 5 yil va undan or-
tiq muddat saqlashga ruxsat etiladi.
Moy harorati 50°C dan ortganida (bu holat amaliyotda ko‘p
uchraydi) esa, moyning fizikaviy va kimyoviy turg‘unligi keskin
pasayadi, korrozion ta’siri esa keskin ortadi. Yuqori haroratlarda
avtomobillarning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun moylarga
turli xil qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Standartlarda moyning metallarga ta’sirini bevosita baholovchi
ko‘rsatkich – korroziyalash ta’siri ham me’yorlanadi. Uni baho-
lashning bir necha usuli mavjud bo‘lsa ham, aniqlash mezoni bir
xil: belgilangan haroratgacha qizdirilgan ma’lum miqdordagi moy
bilan metall plastinkalar (ko‘pincha qo‘rg‘oshin plastinkalar) yu-
viladi. Sinash davomiyligi tanlangan usulga bog‘liq. Sinov tu-
gagach, plastinkalar tarozida tortib ko‘riladi. Yuza birligiga to‘g‘ri
keladigan grammda o‘lchanadigan yo‘qotgan massasiga qarab
(g/ m
2
) korroziyalash ta’siri hisoblab topiladi. Korroziyalash ta’si-
rining qiymati va uni aniqlash usuli moy pasportida keltiriladi. Bu
qiymat qancha kichik bo‘lsa, moyning korroziyaga qarshi xossalari
shuncha yaxshi bo‘ladi.
115
5. 1. 6.
Dostları ilə paylaş: