K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Ko‘pirishga   qarshi qo‘shilmalar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Ko‘pirishga
 
qarshi qo‘shilmalar. 
Ish jarayonida motor moyi 
kuchli ko‘pirishi mumkin, buning natijasida ishqalanuvchi yu-
zalarni moylash sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Moyning 
ko‘pirish darajasi moyning qovushoqlik va zichligiga, shuning-
dek, haroratga bog‘liq. Ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar moylar-
ning sirt tarangligini kamaytiradi va bu bilan ularning havo va suv 
aralashganida, masalan, chayqalganida, ko‘pirishiga to‘sqinlik 
qiladi. Ko‘pirishning oldini olish maqsadida moyga polimetilsilok-
san (ПМС–200А), polidimetilsiloksan, polietilsiloksan va boshqa 
qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bu qo‘shilmalar moyga yuvuvchi qo‘shil-
ma bilan birgalikda qo‘shiladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə