118
pardalar hosil qiluvchi sirt-aktiv moddalar bo‘ladi. Bunday qo‘shil-
malar jumlasiga tarkibida passiv oltingugurt va fosfor kislotasi efiri
bo‘lgan birikmalar kiradi.
Tirnalishga qarshi qo‘shilmalar
ishlatilganida, ularning parcha-
lanishidan hosil bo‘lgan mahsulot yuqori ishqalanish haroratida
metallga ta’sir etadi. Natijada sof metallga nisbatan yemirilish-
ga qarshiligi kam, erish harorati past birikmalar hosil bo‘ladi va
ishqalanayotgan sirtlarning bir-biriga yopishishining oldini oladi.
Tirnalishga qarshi qo‘shilma sifatida oltingugurt, fosfor va xlordan
foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: