K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Ko‘p funksiyali
 
qo‘shilmalar. 
Surkov moylarining ekspluatat-
sion xususiyatlarini yaxshilash maqsadida ularga birdaniga turli xil 
xususiyatlarga ega bo‘lgan bir nechta organik birikmalar qo‘shila-
di. Bu qo‘shilmalar moyning bir qator xususiyatlarini yaxshilash 
maqsadida qo‘shilganligi tufayli ular 
ko‘p funksiyali qo‘shilmalar
 
deb yuritiladi. 
Ko‘p funksiyali qo‘shilmalarni moylarga aralashtirish zarurati 
dvigatelning ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun 
moy bir qator ekspluatatsion xususiyatlarga (oksidlanishga qarshi, 
qurum hosil bo‘lishiga qarshi, antikorrozion, yemirilishga qarshi) 
ega bo‘lishligidan kelib chiqadi. 
Ko‘p funksiyali qo‘shilmalar jumlasiga alkilfenolli, fenolsul-
fidli, shuningdek, tarkibida fosfor va oltingugurt bo‘lgan polimer 
birikmalar kiradi. 
ВФК va КФК, shuningdek, ВНИИНП–370 va ВНИИНП–371 
qo‘shilmalari alkilfenolli qo‘shilmalardir. Ularni tarkibida bariyli 
yoki kalsiyli tuzlar bo‘ladi. Ular yuqori antikorrozion, yuvuvchi, 
qurum hosil bo‘lishiga va oksidlanishga qarshi xususiyatlarga ega. 
Fenolsulfidli 
qo‘shilmalar 
(АзНИИЦИАТИМ–1 
va 
ЦИАТИМ–339)  antikorrozion  va  yuvuvchi  xususiyatlarga  ega, 
shuningdek, moyning qotish haroratini pasaytiradi. 


120
АзНИИ–7  va  АзНИИ–8  (АзНИИ–7  va  СБ–3  qo‘shilmalari­
ning 1 : 1 nisbatdagi aralashmasi) qo‘shilmalarining antikorrozion 
va yuvuvchi xususiyatlari yaxshi, shuningdek, moyning moylash 
xususiyatini yaxshilaydi va qotish haroratini pasaytiradi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə