K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Dvigatellarda ishlatiladigan moylar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Dvigatellarda ishlatiladigan moylar,
ularning ishlash sharoitlari va xossalari
Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida ishlatiladigan 
moylar 
motor moylari
 
deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi ishqa-
lanuvchi detallar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobi-
ga dvigatel detallarining yeyilishini kamaytirishdir. Bunday moylar 
juda og‘ir ish sharoitida ishlaydi. Benzinli dvigatelda silindr gil-
zalari 180–200°C, cho‘yan porshenlar yuqori zonada 400–430°C, 
aluminiy  porshenlar  260–280°C  haroratgacha  qiziydi.  Dizel  dvi
-
gatellarida esa harorat bundan 50–100°C yuqori bo‘ladi. 
Moyning ish sharoitiga ko‘ra dvigatelda uchta zonani ajratish 
mumkin:
– yuqori haroratli zona – yonish kamerasi, porshenning yuqori 
kallagi va silindrning yuqori qismi. Bu zonadagi ba’zi detallar 
400°C gacha (porshen kallagi) va hatto 800°C gacha (chiqarish 
klapani) qizishi mumkin, yonuvchi gaz harorati esa 2500°C gacha 
yetishi mumkin;
– o‘rtacha haroratli zona – porshen halqalari bilan birgalikda, 
porshen barmog‘i, shatunning yuqori qismi va silindr devorlari. Bu 
121
zonadagi maksimal harorat (porshen halqalari atrofida) 300–350°C 
ga yetadi;
– past haroratli zona – tirsakli val, karter joylashgan uchastkalar. 
Bu zonadagi eng yuqori harorat (tayanch va shatun podshipniklari 
atrofida) 180°C ga yetadi. 
Qizdirilgan dvigatelning o‘rtacha va past haroratli zonalarida 
moy jadal bug‘lanishi mumkin. Buning natijasida tizimdagi moy 
miqdori kamayadi, sifati esa yomonlashadi. Moy sarfini kamayti
-
rish va uning xususiyatlari o‘zgarishiga barham berish uchun aniq 
ekspluatatsiya sharoitiga mos keladigan moyni tanlashda moyning 
bug‘lanuvchanligiga asoslanish lozim. Ammo moyning fraksion 
tarkibini aniqlash murakkab tahlillarni talab etganligi tufayli nis-
batan oddiy tahlil qilish, ya’ni o‘t oldirish haroratini aniqlash usu-
lidan foydalaniladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə