K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Benzinli dvigatellar uchun moylar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Benzinli dvigatellar uchun moylar
Benzinli dvigatellar uchun moylar, asosan, oltingugurtli neftdan 
olingan va selektiv usulda tozalangan moylar bo‘lib, tarkibiga te-
gishli qo‘shilmalar qo‘shiladi. Benzinli dvigatellar uchun 4 guruh-
dagi (А, Б, В va Г) moylar ishlab chiqariladi. ГАЗ–53, ЗИЛ–130, 
Урал–375 va boshqa markadagi avtomobillar uchun barcha mav
-
sumlarda ishlatiladigan nisbatan samarali moy M–8B
1
 moyidir. Bu 
markadagi moy bo‘lmaganida M–8B
1
 moyidan ham uzoq muddat 
foydalanish mumkin, M–8A moyidan esa faqat almashtiruvchi moy 
sifatida foydalanishga ruxsat etiladi. 
Г  guruhiga  uchta  markadagi  moylar  kiradi:  М–12Г
1
 (yozgi), 
М–8Г
1
 (qishki) va М–6
3
/10Г
1
 (barcha mavsumda ishlatiladigan). 
Bu moylar ВАЗ markali 
avtomobillar uchun maxsus ishlab chiqa-
rilgan bo‘lib, hozirda bu moylardan boshqa avtomobil zavodlari-
ning zamonaviy avtomobillarida ham foydalanilmoqda. 
Barcha mavsumlarda ishlatiladigan moylar jumlasiga М–6
3
/10Г, 
moyidan tashqari АСП–10, M–6
3
/10B va М–6
3
/10В
1
 moylari ham 
kiradi. Ularning barchasi quyultirilgan neft mahsulotlari kabi juda 
yaxshi qovushoqlik­harorat tavsifiga ega, shuning uchun ular qish 
mavsumida avtomobillarni ishga tayyorgarlik darajasini yuqori 
bo‘lishini ta’minlaydi. Bu moylar ishlatilganida havo harorati mi-
nus 30°C – minus 40°C bo‘lganida ham dvigatelni qizdirmay ishga 
tushirish mumkin. 
M–6
3
/10B moyi texnik adabiyotlarda uzoq muddat ishlovchi 
universal moy nomi bilan kiritilgan. Moyni almashtirmagan hol-
da benzinli dvigatelli avtomobillar (ВАЗ markali avtomobillardan 
129
tashqari) ushbu moy yordamida 18 000 km gacha masofani bosib 
o‘tishi mumkin. Bu moyning universal deyilishiga sabab, uning 
kam va o‘rtacha kuchaytirilgan dizellarda ham (moyni almashtir-
may yurish masofasi 15 000 km gacha) ishlatishga yaroqli ekanli-
gidir. Benzinli dvigatellarda ishlatilayotgan asosiy motor moylari 
va ularning tavsifi 5. 5­ jadvalda keltirilgan. 
5. 5- jadval

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə