42
chalanib, zanjirli reaksiyani to‘xtatadi. TEQ va TMQdan samarali
foydalanish uchun antidetonatorlar tarkibiga marganes birikmalari
kiritiladi.
Hozirgi kunda etillangan benzinlarni yuqori oktanli benzinlarga
almashtirish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Chet elda shunday
yuqori oktanli benzinlardan trebutilmetilli efir (TBME) ishlatil
-
di, u izobutenni metanol bilan ta’sir etish yo‘li bilan olingan. Efir
55°C da qaynaydi, uning oktan soni tadqiqot usuli bilan 115–135,
motor usuli bilan 98–100 ga teng. U zaharli emas, benzinda yaxshi
eriydi, suvda yomon eriydi. Benzinga 11 foizli TBME qo‘shilsa,
etillanmagan АИ–93 benzini olinadi va unga yana 15–20 foiz past
oktanli komponentlar qo‘shish mumkin. Bunda dvigatelning yur-
gizish harorati 8–12°С ga pasayadi va chiqarilgan gazning zaharli
ligi pasayadi. Efirning yonish issiqligining pastligiga (35200 kJ/kg)
qaramasdan, dvigatelning tejamkorligi pasaymaydi.
Agarda oktan soni 100 dan yuqori bo‘lsa, bu izooktanga yana
ma’lum miqdorda tetraetilqo‘rg‘oshin antidetonatori qo‘shib deto-
natsiyaga turg‘un ekvivalent aralashma hosil qilinganligini ko‘rsa-
tadi. Masalan, benzinning oktan soni 110 ga teng bo‘lsa, benzinning
detonatsiyaga chidamliligi izooktanga teng va unga qo‘shimcha
(hajmi bo‘yicha) 10 foiz tetraetilqo‘rg‘oshin aralashtirilganligini
bildiradi.
TEQ va TMQga nisbatan samarali bo‘lgan, tarkibiga marganes
birikmalari kiruvchi antidetonatorlardan ham foydalanilmoqda.
Bunday antidetonatorlar jumlasiga siklopentadiyeniltrikarbonil-
marganes C
5
H
5
Mn(CO)
3
ЦТМ va uning gamogeni metilsiklopenta
-
diyeniltrikarbonilmarganes CH
3
C
5
H
4
Mn(CO)
3
МЦКМ kiradi. Ular
toza benzinlarning detonatsion chidamliligini oshirish bilan birga,
tarkibida TEQ bo‘lgan benzinlarning ham detonatsiyaga chidamli-
ligini oshiradi.
43
2. 8.
Dostları ilə paylaş: