72
Shu bilan birga, yonilg‘ida og‘ir fraksiyalar bo‘lishi yonilg‘ining
ancha yuqori haroratlarda haydalishiga olib keladi. Natijada yonilg‘i
aralashma hosil bo‘lish jarayonini yomonlashtiradi, yonilg‘i ko‘p
sarf bo‘ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va kuyundi ko‘p hosil
bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, dvigatel oson ishga tushishi uchun
yonilg‘i shunday bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi kerakki, bunda
o‘z-o‘zidan alangalanish sodir bo‘ladigan paytda alangalanish hosil
bo‘ladigan chegarada zarur yonilg‘i-havo aralashmasi hosil qilini-
shi lozim.
Dizel yonilg‘isining o‘t olish xususiyati yonilg‘ining 50 foizi
ning qaynash harorati bilan baholanadi.
Dizellar uchun
t
50%
= 255–280°C va
t
96%
= 330–340°C bo‘lgan
qishki yonilg‘ilar hamda
t
50%
= 280°C va
t
96%
= 360°C bo‘lgan
yozgi yonilg‘ilar ishlab chiqariladi. Bunday fraksion tarkibli dizel
yonilg‘isi yonilg‘ining to‘la yonishini va dvigatellarning yumshoq
ishlashini ta’minlaydi.
Dizel yonilg‘isining fraksion tarkibini aniqlash benzinning frak
-
sion tarkibini aniqlash kabi amalga oshiriladi.
3. 7.
Dostları ilə paylaş: