|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarDizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishiишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi
Tezyurar dizel dvigatellari uchun yonilg‘ilar 305–82- sonli
«Dizel yonilg‘ilari. Texnik shartlar» nomli standart asosida ishlab
81
chiqariladi. Avtomobillarda, ish sharoitiga ko‘ra, uch turdagi dizel
yonilg‘ilaridan: Л (yozgi), З (qishki) va A (arktik) ishlab chiqa
-
riladi (3. 1- jadval). Barcha turdagi dizel yonilg‘ilariga belgilan-
gan tartibda va miqdorda qo‘shilmalar qo‘shishga ruxsat etiladi.
Dizel yonilg‘isining barcha komponentlari yuqori turg‘unlikka
ega bo‘lganligi tufayli ularni uzoq muddat (5 yil va undan ortiq)
saqlash mumkin. Л markali yonilg‘i tashqi muhit harorati 0°C va
undan yuqori bo‘lganida ishlatish uchun mo‘ljallangan, З marka
-
li yonilg‘i minus 20°C va undan past harorat (sovuq tabiiy iqlim
mintaqalari)da, A markali yonilg‘i esa minus 50°C va undan past
haroratli mintaqalarda ishlatishga mo‘ljallangan.
Dizel yonilg‘ilari tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab
ikki kichik guruhga bo‘linadi. Birinchi kichik guruhga kiradigan
yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2 foizdan oshmay-
di, ikkinchi kichik guruhga kiruvchi Л va З markadagi yonilg‘ilar
tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,21–0,50 foizdan, A markada-
gi yonilg‘ilarda esa 0,21–0,40 foizdan ortmasligi lozim. Dizel
yonilg‘ilari quyidagicha markalanadi: Л–0,2–40. Bunda Л yoz
-
gi yonilg‘i ekanligini; 0,2 soni yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt
miqdorini (foiz hisobida), 40 soni yonilg‘ining o‘t olish harorati
(°C)ni bildiradi. Qishki yonilg‘ilarda esa yonilg‘ining qotish haro-
rati ko‘rsatiladi. Masalan, З–0,2–(–35) markali yonilg‘ida minus
35 soni yonilg‘ining qotish harorati (0°C)ni ko‘rsatadi. Arktik dizel
yonilg‘ilari markasida esa faqat oltingugurtning miqdori (%) kelti-
riladi, masalan, A–0,4.
3. 1- jadval
Dostları ilə paylaş: |
|
|