Yengil gaz kondensatlari Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa
konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda qay-
nay boshlaydi, bu esa, o‘z navbatida, dvigatel ta’minlash tizimi-
da bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishiga moyillikni kuchaytiradi. Biroq
maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy dvigatellarning
ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘ladigan harorat avtomo-
billarning respublikamiz hududi sharoitlarida ishlaganida yuzaga
keluvchi odatdagi qiymatidan biroz yuqori bo‘lar ekan.
Gaz kondensatlari uncha yuqori bo‘lmagan antidetonatsion xu-
susiyatlarga ega bo‘lib, ularning oktan soni 54–58 oralig‘ida bo‘la di.
Biroq tetraetilqo‘rg‘oshin qo‘shish hisobiga gaz konden satlari ning
oktan sonini o‘rta sifatli benzinlarning oktan soniga teng lashtirish
mumkin. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan ara-
lashtirib, ularning detonatsiyaga chidamliligini zamonaviy dvi-
gatellar talab qiladigan darajagacha oshirish mumkin. Bu holda
gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo‘lgan talabni
50–60 foizga kamaytiradi.
Gaz kondensatlarining qovushoqligi benzinlarning qovushoq-
ligiga yaqin bo‘lganligi uchun dvigatelning ta’minlash tizimiga
konstruktiv jihatdan o‘zgartirish kiritish talab qilinmaydi. Maxsus
tajribalar yengil gaz kondensatlarining yetarli darajada barqaror
98
ekanligini hamda ularni saqlash paytida isroflar (bug‘lanish tufayli)
yuqori emasligini ko‘rsatadi.
4,3- jadvalda yengil gaz kondensatlarining ba’zi xossalari kel-
tirilgan.
4. 3- jadval