|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarишлатиладиган газлардаги зарарли моддаларGaz kondensatlari.
Gaz konlaridan olinadigan gaz yonilg‘ilari
tarkibida uglevodorodlarning ancha og‘ir fraksiyalari ko‘pincha
mavjud bo‘ladi, ular gaz bosimi ortganida va harorati pasayganida,
oson suyuqlanadi.
Gaz kondensatlari
deb atalmish ushbu fraksi-
yalar neftdan olingan standart suyuq yonilg‘ilar o‘rnida, mazkur
yonilg‘ilar kamyob bo‘lganida, yoki iqtisodiy mulohazalarga ko‘ra,
ishlatilatilishi mumkin. Respublikamiz hududidagi gaz konlaridan
olinadigan 1 m
3
gazning tarkibidan 15–170 sm
3
suyuq gaz kon-
densatlari olinadi.
97
Albatta, gaz kondensatlarini dvigatellar konstruksiyasini deyar-
li qayta o‘zgartirmagan holda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘la
-
di. Gaz kondensatlarining muhim tomoni – ishlab chiqarishning
arzonligi, saqlanganida xossalarining o‘zgarmasligi, xususiyatlari
va tarkibining doimiyligidadir. Turli konlardan olinadigan gaz kon-
densatlarining tarkibida uchqun bilan yondiraladigan dvigatellar
talablariga javob beradigan yengil gaz kondensatlari va dizellarda
qo‘llash mumkin bo‘lgan og‘ir gaz kondensatlari mavjud bo‘la-
di. Markaziy Osiyo hududiga mansub bo‘lgan bu ikki turkum gaz
kondensatlarining ba’zi bir xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ikkala
turkum uchun umumiy jihatlar shuki, gaz kondensatlari tarkibida
cheksiz birikmalar mavjud emas va ular aromatik, naften hamda
parafinli uglevodorodlardan tarkib topgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|