|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар AVTOMOBIL MOYLARI
5. 1.
Motor moylari
5. 1. 1.
Moylarning olinishi va tarkibi
Har qanday mashinada o‘zaro ishqalanadigan juftlarni moylash
uchun turli moylash materiallaridan foydalaniladi. Ular texnika-
ning ishonchli ishlashini ta’minlovchi muhim omillardan biri hi-
soblanadi.
Turli maqsadlarda ishlatish uchun ishlab chiqariladigan moylash
materiallarining asosiy qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari aso-
sida tayyorlanadi. Jumladan, avtomobillarda ishlatiladigan moylar
va bir qator maxsus suyuqliklarning asosiy komponenti mazutdan
ajratib olinadigan suyuq mineral moylardir.
XIX asrning 70- yillarigacha moylash materiali sifatida hayvon
yog‘lari va o‘simlik moylaridan foydalanilgan. Moylash materiali
sifatida neft mahsulotlaridan foydalanish D. I. Mendeleyev tomoni
-
dan taklif etilgan. Uning g‘oyasi asosida V. I. Ragozin tomonidan
1876 yilda Novgorod shahri atrofida mazutni haydash hamda sul
-
fat kislota va ishqorlar yordamida tozalash usuli bilan moy ishlab
chiqariladigan dastlabki zavod qurildi.
Mazut neftdan benzin, ligroin, kerosin va dizel yonilg‘isi frak-
siyasi ajratib olingan neft qoldig‘idir, ya’ni yengil fraksiyalardan
xoli bo‘lgan neftdir. Shuning uchun mazutdan olinadigan moylar
tarkibi, asosan, dvigatel yonilg‘ilari kabi uglevodorodlardan ibo-
103
rat. Biroq moy tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasi
benzin va dizel yonilg‘isi tarkibidagi uglevodorodlarning moleku-
lar massasiga nisbatan katta (moy molekulasidagi uglerod atomlari
soni 20 tadan 50 tagacha).
Mazut to‘q jigarrang suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,89–1,00 g/sm
3
,
yonish issiqligi 38000 kJ/kg.
Mazutdan olinadigan surkov moylari tarkibida uglevodorodlar-
dan tashqari, naften kislotalar, uglerodli birikmalar va smola-asfalt-
li moddalar bo‘ladi.
Moylar ishlab chiqarish uslubiga ko‘ra distillat va qoldiq moy-
larga bo‘linadi. Distillat moylar mazutni bosim ostida haydash
yo‘li bilan olinadi. Vakuumli kolonnada mazut qovushoqligi har xil
bo‘lgan (qaynash harorati 350–500°C oralig‘ida) moy distillatlari-
ga ajratiladi (5. 1- rasm). Vakuumda haydash mazutni parchalani-
shidan saqlab, qizdirish haroratini pasaytirib moy fraksiyalarini
ajratishni osonlashtiradi.
Yo‘l va bino qurilishi,
elektrotexnik va lok-
bo‘yoq materiallari ishlab
chiqarish uchun bitumlar
5. 1- rasm.
Dostları ilə paylaş: |
|
|