K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

vaqtinchalik qattiqlik
 
deyiladi. 
Suvning
 
doimiy  qattiqligi 
uning tarkibidagi kalsiy va magniy 
qoldiq tuzlari (xlorid tuzlari CaCl, MgCl
2
; sulfat tuzlari CaSO
4

MgSO
4
; silikat tuzlari CaSiO
3
, MgSiO
3
 va nitratlar) miqdori bilan 
baholanadi. Suv qaynatilganida, bu tuzlar erib, cho‘kma hosil qil-
maydi, shuning uchun nokarbonat qattiqlik 
suvning doimiy qat
­
tiqligi
 deyiladi. 
Qattiqligiga binoan suvlar 3 guruhga ajratiladi: suv tarkibi-
da 3 mg. ekv/
l
 gacha miqdorda tuzlar bo‘lsa, u yumshoq suv hi-
soblanadi va uni sovitish tizimida ishlatish mumkin. Tarkibida 
3–6 mg. ekv/
l
 miqdorda tuz bo‘lgan suv
 
o‘rtacha qattiq
likdagi

6 mg. ekv/
l
 dan ortiq miqdorda tuzlar bo‘lgan suv esa 
qattiq suv
 
hisoblanadi. 
Dvigatellarni  sovitishda  sovituvchi  suyuqlik  sifatida  yumshoq 
suvdan  foydalanish  maqsadga  muvofiq,  chunki  yumshoq  suvdan 
foydalanilganida quyqa hosil bo‘lmaydi. O‘rtacha qattiqlikdagi 
suvdan foydalanilganida esa tizim hosil bo‘ladigan quyqalardan 
tozalab turilishi lozim. Tozalash yiliga kamida 2 marta amalga 
oshi rilishi lozim. Qattiq suvlarni yumshatmasdan sovitish tizimiga 
quyish tavsiya etilmaydi. 
Dvigatellarning  cho‘yan  va  po‘lat  detallarini  zanglatishi  ham 
suvning asosiy kamchiliklaridan biridir. Suvni sovituvchi suyuqlik 
sifatida ishlatishdagi asosiy noqulaylik uning muzlash harorati ning 
nisbatan yuqoriligidir (0°C). Shu bilan birga, dvigatel havoning 


172
harorati manfiy bo‘lgan tabiiy sharoitda ishlaganida, sovitish tizim
i-
dagi suv muzlashi mumkin. Ma’lumki, muzning zichligi suvnikiga 
qaraganda kichikroq bo‘ladi va shu sababli u suvga nisbatan taxmi-
nan 10 foiz kattaroq hajmni egallaydi (7. 1- rasm). Buning oqibati-
da muz metall detallar (silindrlar blokining kallaklari, radiator)ning 
shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bu holat manfiy haroratlarda 
dvigatellarni ishlatishni qiyinlashtiradi, shuning uchun qish faslida 
muzlash harorati past bo‘lgan maxsus sovituvchi suyuqliklar (anti-
frizlar)dan foydalanish zarur. 
7. 1- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə