K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylarining



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

6. 1- jadval
Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylarining
asosiy turlarining tavsifi
Moy
Rangi
Konsistent
-
lik klassi
Tavsiya  etilgan ish 
har
orati, °C
Kolloid 
turg‘unligi
Bug‘lanuv
-
chanligi
Suv ta’
siriga 
chidamliligi
Moylash  xususiyati
O‘zar

almashi
-
nuvchisi
Solidol C
Och sariq 
r a n g d a n 
to‘q jigar-
ranggacha
2
–20–65
5
3
4
3
Litol–24
Press-
solidol
Och sariq 
r a n g d a n 
to‘q jigar-
ranggacha
1
–30–50
4
3
4
3
Fiol–1
Grafitli
Kumush-
simon yal-
tiraydigan 
qora rang
2
–20–60
5
4
3
4
ЛСС–15 
ШРУС–4
ЦИАТИМ–
2001
Sariq rang-
dan och 
jigarrang-
gacha
2
–60–90
1
2
3
4
Fiol–1
1–13
Och sa-
riqdan to‘q 
sariqqacha
3 –20–100
2
3
1
3
Litol–24
Litol–24
Jigarrang
3 –40–120
4
4
4
3
ЛСС–15
165
6. 1- jadvalning davomi
Fiol–1
Jigarrang
1 –40–120
2
3
4
3
Litol–24
ЛСС–15
Oq
2 –40–130  3
4
4
3
Litol–24
ШРБ–4
Jigarrang
-
dan to‘q 
jigarrang-
gacha
2 –40–130
4
4
4
4
ШРУС–4 
Litol–24
ШРУС–4
Kumush-
simon yal-
tiraydigan 
qora rang
2 –40–120
4
4
5
5
ШРУС–4 
Litol–24
ВТВ–1
Oq
2
–40–40
5
3
5
2
ЛСС–15
Uniol–1
Jigarrang
2 –30–150
5
5
4
4
ШРБ–4
ШРУ–4
№158
Ko‘k
2 –30–100
3
5
2
3
ШРУС–4
So‘nggi yillarda xorijiy mamlakatlarning bir qator firmalari to
-
monidan ishlab chiqarilayotgan plastik surkov moylaridan respub-
likamizdagi avtomobil xo‘jaliklarida foydalanilmoqda. Shuning 
uchun asosiy plastik surkov moylarini xorijiy firmalar tomonidan 
ishlab chiqarilgan moylar bilan o‘zaro almashinishini belgilash 
ham muhim (6. 2- jadval). 
6. 2- jadval
Mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqariladigan plastik surkov 
moylarining ozaro almashinishi
Mam-
lakatimizda 
ishlab chiqari-
ladigan moylar
Xorijiy firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan moylar
Shell
Mobil
BP
Esso
Solidol C
Uneda 2, 3 
Lirona 3
Mobilgrease
AA №2,
Greasrex D60
Energrease
C2, C3; En-
ergrease GP2, 
GP3
Chassis XX, 
Cazar K2
Press-solidol
Uneda 1, 
Retinax С
Mobilgrease 
AA №1
Energrease C1,
CA Chassis
L, H,
Cazar K1


166
6. 2- jadvalning davomi
Grafitli УСса
Barbatia
2, 3, 4
Graphited № 3
Energrease 
C2G, C36
Van Estan 2
ЦИАТИМ–201
Aeroshell, 
Grease 6
Mobilgrease 
BRB Zero

Beacon 325
1–13. ЯНЗ–2
Nerita 2, 3 
Retinax H
Mobilgrease 
BRB № 3
Energrease № 
2, № 3
Andok M275, 
Andok В
Litol–24
Retinax A,
Alvania 3, 
R3
Mobilgrease 22
Mobilgrease
BRB
Energrease L2,
Multipurpose 
Beacon 3, 
Unirex 3
Fiol–1
Alvania 1
Mobilux 1
Energrease L2 Multi-Purpose
Plastik surkov moylarini pasport ma’lumotlari bo‘yicha eksplu-
atatsion baholash ham xuddi suyuq moylarni baholash kabi amal-
ga oshiriladi. Baholash bo‘yicha xulosada moyning maksimal ish 
harorati va ishqalanuvchi tarmoqlardagi moyning ruxsat etilgan 
qizish harorati aniqlanadi va moyga suv ta’siri baholanadi. 
Nazorat savollari:
1. Qanday moylar plastik surkov moylari deyiladi?
2. Plastik surkov moylarining tarkibiga nimalar kiradi?
3. Surkov moylari qanday tarmoqlarda ishlatiladi?
4. Plastik surkov moylarining qanday turlarini bilasiz?
5. Moyning mexanik xususiyati qanday ko‘rsatkichlar asosida bahol-
anadi?
6. Plastik surkov moylari qanday sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi 
lozim?
7. Moy penetratsiyasi deganda nimani tushunasiz va u qanday aniqla-
nadi?
8. Moyning tomchilab tushish harorati qanday aniqlanadi?
167
VII  BOB.
  AVTOMOBIL  UCHUN  MAXSUS
SUYUQLIKLAR
Avtomobillarda quyidagi maxsus suyuqliklar ishlatiladi: past 
haroratda muzlaydigan sovituvchi suyuqliklar; tormoz, amortizator 
suyuqliklari; ko‘tarish mexanizmlari suyuqliklari va boshqalar. 
7. 1.
 Dvigatellarning sovitish tizimlarida ishlatiladigan
suyuqliklar va ularga qo‘yiladigan talablar
Dvigatelning ish jarayonida yonish kamerasi va silindr devorlari 
orqali issiqlik tarqalishi tufayli, shuningdek, ishqalanishni yengish-
ga  sarflanuvchi  energiyaning  issiqlikka  aylanishi  hisobiga  u nin g 
detallari  qiziydi.  Dvigatelning  turi  va  vazifasiga,  shuningdek, 
unin  g ish rejimiga qarab, sovitish tizimi yonilg‘i yonganida ajra-
lib chiqadigan issiqlikning 15–35 foizini olib ketadi. Sovitiladigan 
detallardan olingan issiqlik, asosan, tizimdagi sovituvchi suyuqlik 
vositasida atrof muhitga chiqarib yuboriladi. 
Dvigatel detallari haroratining eng maqbul darajadan yuqorila­
shishi silindrlarning yangi zaryad bilan massa bo‘yicha to‘lishini 
kamaytirishga, moy qatlamining ko‘tarib turuvchanligining pa-
sayishiga, chegaraviy ishqalanish paydo bo‘lish ehtimolining or-
tishiga, ish vaqtida moyning moylash xususiyatlarining barvaqt 
yo‘qolishiga, uning kuyindiga aylanib isrof bo‘lishiga, konstruktiv 
tirqishlar va tarmoqlardagi detallarning o‘rnatilishi buzilishiga olib 
keladi. Porshenlarning issiqlik ta’sirida shikastlanishi, klapan va 
forsunkalarning o‘ta qizib ketishi, porshen halqalarining kuyishi va 
boshqa jiddiy nosozliklar paydo bo‘lish ehtimoli ortadi. 
Dvigatelning o‘ta sovib ketishi esa issiqlikning devorga o‘tib is
-
rof bo‘lishiga va yonilg‘i tejamkorligi yomonlashuviga, moyning 
qovushoqligi ortishiga, binobarin, ishqalanishdagi isroflar ko‘payi ­
shiga sabab bo‘ladi. Benzinda ishlaydigan dvigatellarning o‘ta so-


168
vib ketishi natijasida yonilg‘i bug‘lari suyuqlikka aylanishi tufay-
li aralashmaning tarkibi o‘zgaradi, moyning sifati yomonlashadi, 
porshen va halqalarning moylanishi buziladi, dizellarda esa ular-
ning «qattiq» ishlashi kuchayadi. 
Ichki yonuv dvigatellari havo bilan yoki ko‘pincha suyuqlik bi-
lan sovitiladi. Havo oqimi yordamida sovitishda issiqlik qizigan 
detallardan havo oqimi ta’sirida atmosferaga tarqaladi, suyuqlik 
yordamida sovitishda esa ortiqcha issiqlik avval detallarni yuvib 
o‘tuvchi suyuqlikka, so‘ngra atrof muhitga uzatiladi. Dvigatel ish
-
layotganida sovituvchi suyuqlik harorati 85–95°C (ba’zan 105–
110°C)ga yetadi. 
Suyuqlik bilan sovitish tizimi havo bilan sovitish tizimiga nis-
batan quyidagi afzalliklarga ega:
– eng qizigan joylarni samaraliroq sovitadi;
– suyuqlikning issiqlik sig‘imi kattaroq bo‘lganida, turli ish sha-
roitlarida va o‘zgaruvchan rejimlarda dvigatelning issiqlik holati 
barqaror bo‘lishini ta’minlaydi;
– atrof muhit havosining harorati past bo‘lganida, suyuqlik isi-
tilishi tufayli dvigatelni ishga tushirilishi ancha ishonchli bo‘ladi;
– tizim agregatlarini yurgizishga ko‘proq quvvat sarf bo‘ladi va 
tizim agregatlarining ish jarayonidagi shovqinlilik darajasi pastroq 
bo‘ladi;
– nominal rejimda silindrlarni to‘ldirish koeffitsiyenti yuqoriroq 
va o‘rtacha samarali quvvat qiymati hamda litrli quvvat kattaroq 
bo‘ladi. 
Sovitish tizimining ishonchli ishlashi ularda ishlatiladigan 
suyuqlikning  fizikaviy­kimyoviy  xossalariga  bog‘liq.  Sovituvchi 
suyuqliklar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori qay-
nash harorati (sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan 15–20°C 
yuqori bo‘lishi) va issiqlik sig‘imiga ega bo‘lishi; muzlash harorati 
tashqi havoning eng past haroratidan (kamida 5–10°C) past bo‘li-
shi kerak; ular sovitish tizimida sovish tezligini pasaytiradigan va 
sovituvchi suyuqlikning tizim bo‘ylab aylanishini buzadigan turli 
qatlamlar (quyqalar, cho‘kindilar) hosil qilmasligi, ko‘pirmasligi, 
169
shuningdek, metall detallarni zanglatmasligi, qistirmalarni yemir-
masligi 
lozim; suyuqlikning kengayish koeffitsiyenti mumkin qa
-
dar kichik bo‘lishi lozim; shuningdek, sovitish suyuqliklari arzon, 
yetarli, yong‘in chiqish jihatidan xavfsiz bo‘lishi va xizmat ko‘rsa-
tuvchi shaxslar salomatligiga zarar yetkazmasligi zarur. 
Yuqoridagi talablarga to‘la javob bermasa ham dvigatelning 
sovitish tizimida suvdan keng foydalaniladi. Chunki u issiqlikni 
yaxshi o‘tkazadi, issiqlik sig‘imi katta, qovushoqligi past hamda 
ishlatishga qulay. 
7. 2.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə