K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Surkov moylarining bug‘lanuvchanligi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Surkov moylarining bug‘lanuvchanligi,
kolloid, mexanik va kimyoviy turg‘unligi
Surkov moylarini saqlashda va ishlatishda moy tarkibidagi 
tarkibiy qismlarning bug‘lanishi va moyning kolloid turg‘unligi ye-
tarli darajada yuqori bo‘lmaganligi tufayli o‘z-o‘zidan parchalani-
shi oqibatida moy o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi. Bu ikki jara  yon 
moydagi quyultirgich konsentratsiyasining ortishiga olib keladi. 
Buning natijasida moyning bir jinsliligi buziladi, moyda mo‘rtlik 
xususiyati paydo bo‘lgunga qadar uning plastikligi pasayadi va 
sirtlardagi moy qatlamlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun 
moyni bug‘lanuvchanlik va kolloid turg‘unligi nuqtayi nazaridan 
baholash zarur hisoblanadi. Bug‘lanuvchanlik 79341–74- sonli 
Davlat  standarti  asosida,  kolloid  turg‘unlik  esa  KCA  rusumli  ji
-
hoz yordamida 7142–74­ sonli Davlat standarti asosida aniqlanadi. 
Har ikki holatda ham natija sinov uchun olingan surkov moyiga 
nisbatan bug‘lanish yoki parchalanish natijasida ajralgan moyning 
foiz hisobidagi ulushi ko‘rinishida ifodalanadi. 
Plastik surkov moylarining muhim xususiyati ularning mexanik 
ta’sir ostida o‘z xususiyatlarini juda ham o‘zgartirib yuborishi va 
mexanik ta’sir barham topganidan so‘ng o‘z xususiyatlarini qis-
man, ba’zan esa to‘la tiklashidir. Moyning bu xususiyati ba’zan 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə