K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Avtomobilning 
ish 
jarayonida 
energiyaning 
sarflanishi.


24
Benzin dvigatel silindrlarida me’yorda yonishi va dvigatel ko‘p 
quvvat berishi uchun, u muayyan xossalarga ega bo‘lishi lozim. 
Solishtirma og‘irlik, issiqlik beruvchanlik va detonatsiyaga 
moyillik benzinning asosiy xossalaridir.
Neftdan turli usullarda olinadigan har xil markadagi avtomo-
bil benzinlari zichligi, qovushoqligi, sirt taranglik kuchi va yo-
nish issiqligi bo‘yicha bir-biridan sezilarli darajada farq qilmaydi. 
Ammo bug‘lanuvchanligi, turg‘unligi va boshqa bir qator xossalari 
bo‘yicha bir-biridan katta farq qiladi.
Benzinli dvigatellarning ishonchli, tejamli va samarali ishlashi 
hamda dvigatel detallarining zanglamasligi, shuningdek, o‘zining 
sifatini uzoq vaqt o‘zgartirmasdan saqlashi uchun benzinlar qu-
yidagi talablarga javob berishi lozim:
– barcha ish rejimlarida dvigatelning osongina ishga tushirilishi-
ni ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilishi kerak;
– yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni barcha ish 
rejimlarida dvigatelda detonatsiya bo‘lmasligi lozim;
– yonilg‘i baklarida, ta’minlash tizimi jihozlarida smolalar hosil 
qilmasligi, shuningdek, dvigatelning issiq detallarida mumkin qa-
dar kam qurum hosil qilishi zarur;
– yonilg‘i baklari, sig‘imlar va ta’minlash tizimi detallarining 
korroziyalanmasligi, uning yonish mahsullari esa dvigatel detalla-
rini korroziyalamasligi lozim;
– yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi zarur darajada yuqori 
bo‘lishi kerak;
– fizikaviy va kimyoviy jihatdan turg‘un bo‘lishi zarur;
– tarkibida mexanik qo‘shilmalar va suv bo‘lmasligi lozim;
– inson salomatligi uchun xavfli bo‘lmasligi shart.
Yuqorida keltirilgan barcha talablar davlat standarti asosida 
me’yorlangan bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.
25
2. 2.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə