K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Dinamik qovushoqlik
 deganda suyuqlikning ichki ishqala-
nish  koeffitsiyenti  tushuniladi.  Dinamik  qovushoqlik  birligi  sifa
-
tida bir-biridan 1 m masofada joylashgan 1 m
2
 o‘lchamdagi o‘zaro 
parallel ikki qatlamli 1 N ga teng kuch ta’siri ostida 1 m/s tezlik 
bilan o‘zaro harakatini ta’minlovchi qovushoqlik qabul qilingan. 
O‘lchov  birligi  sifatida  Pa · s/N · s/m
2
/kg/(m · s)  qabul  qilingan.
Kinematik qovushoqlik
 suyuqlik ichki ishqalanishining so-
lishtirma  koeffitsiyentidir.  Davlat  standartlarida  aksariyat  neft 
mahsulotlari uchun kinematik qovushoqlik ko‘rsatiladi. Suyuqlik-
ning kinematik qovushoqligi uning dinamik qovushoqligi zich-
ligining nisbatiga teng. Kinematik qovushoqlik birligi sifatida 
1 m
2
/s (10 – 6 m
2
/s = 1 mm
2
/s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqlikni aniqlashda turli xil viskozimetrlar-
dan, ayniqsa, Pinkevich viskozimetrlaridan (2. 2- rasm) keng foy-
dalaniladi. Bu turdagi viskozimetrlarda kinematik qovushoqlikni 
aniqlash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Tajriba o‘tkazisdan oldin viskozimetr benzin yordamida yax-
shilab tozalanadi. So‘ngra asbob havoda quritiladi. Tekshirilayotgan 
neft mahsuloti qog‘oz filtrlar yordamida tozalab olinadi. Tozalan
-
gan neft mahsuloti o‘lchash menzurkasiga quyiladi. Neft mahsuloti 
quyiladigan idishga qovushoqlikni o‘lchash abobi joylashtiriladi. 
Asbobning chiqarish teshigi 

ga rezina shlang kiritiladi, tirsakka 
tiqin 
6
 tiqilib, asbob neft mahsuloti quyilgan idishga to‘nkariladi 
va teshik 
5
 orqali mahsulot uning 
B
 belgisigacha tortib to‘ldiriladi. 
So‘ngra asbob neft mahsuloti to‘ldirilgan idishdan chiqarib olinadi. 
Tirsakdan esa tiqin olib tashlanadi.
Neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr shtativga o‘rntilib, 
suyuqlik to‘ldirilgan idishga joylashtiriladi (2. 3- rasm). Shlang 
chiqarish teshigi 
5
 dan olinib, trubka 
3
 ga kiydiriladi. Idishdagi 
suyuqlik standartda ko‘rsatilgan haroratgacha qizdiriladi va bu 
haroratda neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr 15 daqiqa 
turishi lozim. So‘ngra shlang 
8
 orqali asbobning yuqorigi sharsi-
mon kengayishining 1/3 qismigacha neft mahsuloti so‘rib olinadi 
va quyib yuboriladi. Neft mahsuloti naycha 
4
 orqali qaytib oqishni 
27
boshlab 
A
 belgisiga yetganida
2. 3- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə