K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

To‘yingan gaz bosimi. 
Bu ko‘rsatkich yilning sovuq kunlari-
da dvigatelning silindrlariga gazning ishonchli uzatilishiga ta’sir 
qiladi. Masalan, –30°C haroratda bu bosim 0,07 MPa dan past 
bo‘lmasligi lozim. Bundan pasayib ketsa, gazning ballondan uzluk-
siz uzatilib turilishi buziladi. Bug‘ bosimi 45°C da 1,6 MPa dan 
oshib ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda ishlatiladigan gaz 
ballonlari ko‘pi bilan shunday bosimga mo‘ljallangan. 
Suyuq qoldiq. 
Gaz tarkibida 40°C haroratda suyuq qoldiq 
bo‘lmasligi kerak. 
Gaz tarkibida oltingugurt, ishqorlar va erkin suvning bo‘li
-
shi. 
Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg‘i apparatiga 
o‘tib, u quvur o‘tkazgichlarning kesimini toraytiradi va rezina-tex-
nika detallarini yemiradi. Oltingugurt dvigatelning silindrlarida 
yonib, ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini oshiradi. Uning 
miqdori massa bo‘yicha 0,015 foizdan oshmasligi lozim. Ishqorlar 
va erkin suv umuman bo‘lmasligi kerak. 
Gazda ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimlarining kon-
struktiv xususiyatlari gaz jamg‘armasining mashinada saqlanish 
usuliga hamda dvigatelning gaz yonilg‘isida ishlashga moslan-
ganlik darajasiga bog‘liq. 4. 1- rasmda suyultirilgan propan-butan 
gazida ishlaydigan avtomobil dvigateli ta’minlash tizimining sxe-
masi keltirilgan. 
Suyultirilgan gaz avtomobil kuzovi ostiga joylashtirilgan 250 
l
 
sig‘imdagi yupqa devorli po‘lat ballonda 16 1,6 MPa bosim ostida 
saqlanadi. Ballondan chiqayotgan gaz magistral ventil 
15 
dan o‘tib, 
dvigatel sovitish tizimining (naylar 
4,  5
)
 
suyuqligi ta’sirida isiy-
digan bug‘latkich 
6
 ga keladi va bu yerda bug‘simon holatga o‘tadi. 
Keyin filtr 
12 
orqali reduktor 
11 
ga kiradi, undan esa bosimi biroz 
pasaygan holda gaz aralashtirgich 

ga keladi. Manometrlar 
13 
va 
14 
reduktor  va  ballondagi  gaz  bosimini  ko‘rsatadi.  Dvigatelning 
ta’minlash tizimida gaz bo‘lmaganida yoki gaz tizimi buzilganida, 
dvigatelning ishlashini ta’minlash uchun suyuq yonilg‘ining sig‘im 

dan karburator 
1
 ga uzatilishi ko‘zda tutilgan. Reduktor 
1
7 tizim-
dagi gaz bosimini pasaytirish uchun mo‘ljallangan. 


92
4. 1- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə