K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Suyultirilgan uglevodorod gazi
Atmosfera bosimi va harorat noldan yuqori bo‘lganida, suyul-
tirilgan uglevodorod gazi gaz holatida bo‘ladi. Bosim biroz osh-
ganida (1,6 MPa dan ko‘p emas), u oson bug‘lanadigan suyuqlikka 
aylanadi.  Suyultirilgan  gaz,  asosan,  propan  (80  toiz  atrofida)  va 
butan (20 foiz atrofida) gazlari aralashmasidan iborat bo‘ladi. Bun
-
dan tashqari, unda, oz miqdorda bo‘lsa ham, etan, pentan, propilen, 
butilen va etilen gazlari bo‘ladi. Suyultirilgan gazlarning yonish is-
siqligi 44800–47000 kJ/kg ni tashkil etadi. Zichligi taxminan 0,524 
g/sm
3
 (20°C haroratda) bo‘lgan suyultirilgan gaz yonganida chiqa-
digan hajmiy issiqlik 24000 kJ/m
3
 dan ortib ketadi. Bu ko‘rsatkich-
ni benzinga solishtirib ko‘rib, shuni aytish mumkinki, suyultirilgan 
gaz yonilg‘i sifatida benzinning o‘rnini to‘liq bosa oladi. 1,6 MPa 
ish bosimiga mo‘ljallangan nisbatan yengil, yupqa devorli po‘lat 
ballonlarda avtomobilning foydali yuklanishini kamaytirmasdan 
yetarli miqdorda gaz saqlash mumkin. Shuning uchun suyultirilgan 
gazda ishlaydigan avtomobillar benzinda ishlaydigan avtomobil-
lar kabi zaxira yurish yo‘liga ega. Suyultirilgan gazlarning deto-
natsiyaga turg‘unligi yuqori bo‘lganligi uchun (tadqiqot usuli bi-
lan aniqlangandagi oktan soni 110 dan ortiq) benzinda ishlaydigan 
dvigatellarni suyultirilgan gazda ishlatishga qayta jihozlaganda 
ularning siqish darajasini oshirishga imkon beradi. Chunonchi, 
ЗИЛ–130 avtomobilining benzin bilan ishlovchi dvigatelida siqish 
darajasi 6,5 bo‘lsa, ЗИЛ–138 avtomobilining gaz bilan ishlovchi 
dvigatelida  8;  benzin  bilan  ishlaydigan  ЗMЗ–53  dvigatelida  6,7 
bo‘lsa, gaz bilan ishlaydigan ЗMЗ–53–07 dvigatelida 8,5. Belgi­


90
langan darajada siqish darajasining ortishi gaz bilan ishlovchi dvi-
gatellar quvvatining benzin bilan ishlovchi dvigatellarga nisbatan 
biroz (5–7 foizga) kamayishini to‘la kompensatsiya qilish imkonini 
beradi. 
Davlat standarti talablariga muvofiq, suyultirilgan gazlar uch xil 
markada chiqariladi: texnik propan, texnik butan va ularning ara-
lashmalari. Texnik propanni qishda, texnik butanni yozda, ularning 
aralashmalarini esa yil davomida ishlatish mumkin. Texnik pro-
panda propan fraksiyalari hajm bo‘yicha kamida 93 foizni, texnik 
butanda butan fraksiyalari 93 foizni tashkil etadi, qolgan 7 foizini 
esa yengil gazsimon uglevodorodlardan iborat aralashma tashkil 
qiladi. Tabiiy suyultirilgan gazlarning hidi ham, rangi ham bo‘lma-
gani uchun ularga oz miqdorda o‘tkir hidli gazsimon moddalar 
qo‘shiladi. Bu moddalar sizib chiqib to‘plangan gaz hidini sezishga 
imkon beradi. 
Gaz har qanday idishga hajmining ko‘pi bilan 90 foizigacha 
miqdorda to‘ldiriladi, shunda idishning yuqori qismida gaz to‘pla-
nishi uchun bo‘shliq qoladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə