K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


GAZSIMON  AVTOMOBIL  YONILG‘ILARI



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

  GAZSIMON  AVTOMOBIL  YONILG‘ILARI,
NEFTMAS  YONILG‘ILARNING  YARATILISHI
4. 1.
 Gazsimon yonilg‘ilar
Respublikamiz katta miqdordagi gazsimon yonilg‘ilar zaxirasi-
ga ega. Undan foydalanish sanoatdagina emas, balki avtomobil 
transportida ham yildan yilga ortib bormoqda. 
Gaz yonilg‘ilar suyuq yonilg‘ilarga nisbatan qator afzalliklarga 
ega. Shuning uchun ular istiqbolli va avtomobil dvigatellarida keng 
ko‘lamda qo‘llash uchun maqbul yonilg‘i hisoblanadi. Ko‘pgina 
hollarda ular mahalliy yonilg‘i turlari bo‘lib, suyuq yonilg‘ilarga 
nisbatan ancha arzon. 
Uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda yonuvchi gazlarni 
qo‘llash aralashma hosil qilish jarayonining, shuningdek, ishlatish 
sharoitlarida aralashmaning silindrlar bo‘ylab taqsimlanishini yax-
shilaydi va yengillashtiradi, chunki gazlar havo bilan turli nisbatlar-
da ancha oson aralashadi. Ko‘pgina gazlar suyuq yonilg‘ilarga nis-
batan alanga tarqalishining ancha keng konsentratsion diapazoniga 
ega, ya’ni ular aralashmada havo miqdori ancha ortiq bo‘lganida 
ham tez va to‘liq yonadi. 
85
Bularning barchasi yonuvchi aralashma olish uchun qo‘llaniladi-
gan moslamani soddalashtirishga hamda unda yonilg‘i va havoning 
atmosferaga zaharli moddalar kam miqdorda chiqariladigan nisbat-
laridan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Gazsimon yonilg‘ilardan 
foydalanilganida dvigatelning sovuq holda ishga tushirish va qizdi-
rilgan holatda ishlashidagi yonilg‘ining bug‘lanishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan qiyinchiliklar bo‘lmaydi, atrof muhit harorati yuqori 
bo‘lganida, ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘lish hollari 
o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Gazsimon yonilg‘ilar benzinlarga nisbatan 
antidetonatsion xususiyatlarga ega, bu esa dvigatelning siqish da-
rajasini ko‘tarishga va yonilg‘i tejamkorligini oshirishga imkon 
beradi. Shu bilan birga, gazsimon yonilg‘ilar yana bir qator afzal-
liklarga ega:
– keng tarqalgan, arzon, uning katta zaxiralari mavjud;
– yonganida qora kuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil 
bo‘lmaydi, yonish mahsulotlari tarkibida atrof muhit uchun zararli 
moddalar yo‘q;
– iste’molchi manbalarga quvurlar orqali oson uzatiladi va mar-
kazlashgan holda saqlanadi;
– gazsimon yonilg‘idan foydalanilganida motor moyining 
eskirish jarayoni sekinlashadi va almashtirish muddati suyuq 
yonilg‘ilardan foydalanilganiga nisbatan 2–4 barobar uzayadi. Bu-
ning asosiy sababi, gazsimon yonilg‘i ishlatilganida silindr devori-
da yonilg‘i bug‘lari kondensatsiyalanmaydi, bu, o‘z navbatida, 
motor moyining chala yoki yonmagan yonilg‘i bilan suyulishining 
oldini oladi;
– dvigatelning ta’mirlashgacha ish muddati ham 1,5–2 baro-
bar oshadi, chunki bunda suyuq yonilg‘ilar kabi yonmay qolgan 
yonilg‘i silindr-porshen guruhi hamda yonish kamerasi devorlarida 
qurum va boshqa cho‘kindilar miqdori nisbatan kam bo‘lib, silindr-
porshen guruhining yeyilishini kamaytiradi;
– siqilgan yoki suyultirilgan holda ham ishlatiladi;
– detonatsiyaga qarshi turg‘un. 


86
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, gazsi
-
mon yonilg‘ilar kompleks xususiyatlariga ko‘ra yonuvchi aralash-
ma silindr tashqarisida hosil qilinadigan va uchqun bilan yondiri-
ladigan dvigatellar uchun ancha mos keladi, shuningdek, dizellarda 
foydalanilishi ham mumkin. 
Portlovchanlik xususiyatining yuqoriligi ko‘pgina gazsimon 
yonilg‘ilar (tabiiy gazlar, vodorod, metan)ning asosiy kamchili-
gidir. Yonuvchi gazlarning eng kichik nozichliklardan ham chiqib 
ketishi ulardan ehtiyot bo‘lib foydalanishni talab qiladi. Agar xavf-
sizlik texnikasi hamda yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rio-
ya qilinsa, shuningdek, tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz qu-
rilmalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanish mumkin. 
Shuningdek, gazsimon yonilg‘ilar qo‘llanilganida, silindrni 
to‘ldirish koeffitsiyenti kamligi suyuq yonilg‘ilarga nisbatan dvi
-
gatel quvvatining kamayishiga olib keladi. Masalan, benzin o‘rni-
ga suyultirilgan gaz qo‘llanilganida, dvigatel quvvati 6 – 8 foizga, 
siqilgan gaz ishlatilganida, 18–20 foizga kamayadi. 
Gazsimon yonilg‘ilarning kelib chiqishi turlicha bo‘ladi: tabiiy 
gaz (gaz konlaridan olinadi), yo‘ldosh gaz (neftni qazib olish va 
qayta ishlashda), sanoat gazi (domna, koks, yorituvchi, kanalizatsi-
ya gazlari), generator gazi (qattiq yonilg‘ilarni gazga aylantirishda) 
va boshqalar. Ularning tarkibi va xossalari, shu jumladan, yonish 
issiqligi keng ko‘lamda o‘zgaradi. Odatda, ular turli xildagi yonuv-
chi va inert gazlarning aralashmasidan iborat. Ularning tarkibiga 
yonuvchi gazlar: metan, propan, butan, C
n
H
m
 formulali boshqa ug-
levodorodlar, vodorod, is gazi va sh. k., shuningdek, inert gazlar 
va ifloslantiruvchi moddalar (karbonat angidrid, azot, namlik, smo
-
lasimon moddalar, mexanik zarralar, oltingugurtli birikmalar va 
boshq.) kiradi. Respublikamizda ishlatilayotgan asosiy gazsimon 
yonilg‘ilarning tarkibi va asosiy xususiyatlari 4. 1- jadvalda kel-
tirilgan. 
Barcha gazsimon yonilg‘ilar yonish issiqligiga ko‘ra uch guruh-
ga bo‘linadi:
87

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə