K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi
Tezyurar dizel dvigatellari uchun yonilg‘ilar 305–82- sonli 
«Dizel yonilg‘ilari. Texnik shartlar» nomli standart asosida ishlab 
81
chiqariladi. Avtomobillarda, ish sharoitiga ko‘ra, uch turdagi dizel 
yonilg‘ilaridan:  Л  (yozgi),  З  (qishki)  va A  (arktik)  ishlab  chiqa
-
riladi (3. 1- jadval). Barcha turdagi dizel yonilg‘ilariga belgilan-
gan tartibda va miqdorda qo‘shilmalar qo‘shishga ruxsat etiladi. 
Dizel  yonilg‘isining  barcha  komponentlari  yuqori  turg‘unlikka 
ega bo‘lganligi tufayli ularni uzoq muddat (5 yil va undan ortiq) 
saqlash mumkin. Л markali yonilg‘i tashqi muhit harorati 0°C va 
undan yuqori bo‘lganida ishlatish uchun mo‘ljallangan, З marka
-
li yonilg‘i minus 20°C va undan past harorat (sovuq tabiiy iqlim 
mintaqalari)da, A markali yonilg‘i esa minus 50°C va undan past 
haroratli mintaqalarda ishlatishga mo‘ljallangan. 
Dizel  yonilg‘ilari  tarkibidagi  oltingugurt  miqdoriga  qarab 
ikki kichik guruhga bo‘linadi. Birinchi kichik guruhga kiradigan 
yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2 foizdan oshmay-
di, ikkinchi kichik guruhga kiruvchi Л va З markadagi yonilg‘ilar 
tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,21–0,50 foizdan, A markada-
gi  yonilg‘ilarda  esa  0,21–0,40  foizdan  ortmasligi  lozim.  Dizel 
yonilg‘ilari  quyidagicha  markalanadi:  Л–0,2–40.  Bunda  Л  yoz
-
gi yonilg‘i ekanligini; 0,2 soni yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt 
miqdorini (foiz hisobida), 40 soni yonilg‘ining o‘t olish harorati 
(°C)ni bildiradi. Qishki yonilg‘ilarda esa yonilg‘ining qotish haro-
rati  ko‘rsatiladi.  Masalan,  З–0,2–(–35)  markali  yonilg‘ida  minus 
35 soni yonilg‘ining qotish harorati (0°C)ni ko‘rsatadi. Arktik dizel 
yonilg‘ilari markasida esa faqat oltingugurtning miqdori (%) kelti-
riladi, masalan, A–0,4. 
3. 1- jadval 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə