K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

CMD–60 dvigateli 
(М–10Г2 moyi ishlatilgan) silindi
-
ri gilzasi yemirilishining yonilg‘i 
tarkibidagi oltingugurt miqdori 
va sovituvchi suyuqlik haroratiga 
bog‘liqligi:
1 – 
30°C;
 2 – 
60°C;
 3 – 
90°C.
Korrozion yemirilishlarning ortishiga yonilg‘i tarkibidagi oltin-
gugurtli birikmalar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Oltingugurt miqdori 
ortishi bilan, korrozion yemirilish sezilarli darajada ortadi (3. 4- 
rasm). Oltingugurtli birikmalarning zararli ta’siri harorat pasayishi 
bilan yana-da ortib ketadi (3. 5- rasm).  
3. 5- rasm. 
Dvigatel
 
oltingugurtli 
yonilg‘ida ishlatilganida sovituvchi 
suyuqlik haroratining dvigatel
detallarining yemirilishiga ta’siri.  
Rasmdan ko‘rinadiki, dvigatelda ishlatilayotgan sovituvchi 
suyuqlik harorati 35°C bo‘lganida yeyilish taxminan 4 barobar 
(70°C haroratdagi suyuqlikdan foydalanilganiga nisbatan) ortiq 
bo‘ladi. Bundan korrozion yemirilishni kamaytirish uchun dvi-
gatelni ishlatish bo‘yicha zavod instruksiyasiga binoan belgilangan 
harorat rejimi ta’minlanishi lozimligi ko‘rinadi.


76
Oltingugurtli yonilg‘ilarning ishlatilishi motor moyining es-
kirish jarayoni tezlashishini, moy filtrlovchi elementlarida to‘pla
-
nadigan cho‘kindilar miqdorining ortishini va divigatelda qurum 
hosil bo‘lishini jadallashtiradi. 
Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalarning dvigatel detal-
lariga korrozion ta’sirini kamaytirish uchun porshenning yuqorisi-
dagi kompression halqalari va gilzalarning yuqori qismi antikorro-
zion qoplam bilan qoplanadi, buning natijasida ushbu detallarning 
yemirilishi kamayadi. 
Dizel yonilg‘isi sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishi yonilg‘i 
tarkibidagi oltingugurtli birikmalar miqdorini kamaytirishdir. Bu 
jarayon gidrotozalash qurilmalarida amalga oshiriladi. 
Oltingugurtli yonilg‘ini ishlatishda kelib chiqadigan noqulayli-
kni tasavvur qilish uchun quyidagi misolni keltiramiz. Tarkibida 
1 foiz oltingugurt bo‘lgan 1 tonna yonilg‘i yonganida, 20 kg oltin-
gugurt angidrid hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oltingugurt angidrid, 
o‘z navbatida, 25 kg oltingugurtli kislota hosil qiladi. Natijada 
bunday yonilg‘i ishlatilganida, dvigatel detallarining yemirilishi 
(tarkibida 0,2 foiz oltingugurt bo‘lgan yonilg‘iga nisbatan) 2–3 
barobarga ortadi. 
Davlat standarti bo‘yicha, yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miq­
dori 0,2–0,5 foizgacha etib belgilangan. Tarkibida 0,2 foizgacha 
oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ilar dvigatelning ish jarayonida noqu-
layliklar keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun bunday yonilg‘ilar-
dan hech qanday chegarasiz foydalanish mumkin. Tarkibidagi 
oltingugurt miqdori 0,2 foizdan ortiq bo‘lgan yonilg‘ilardan dvi-
gatelning moylash tizimidagi moy tarkibida ishqoriy komponentlar 
bo‘lganidagina foydalanishga ruxsat etiladi. 
3. 9.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə