K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Yonilg‘ining qotish 
haroratini aniqlash asbobi:
1
 – shisha idish
2  – 
sina-
layotgan yonilg‘i to‘ldirilgan 
probirka; 3 – tiqin; 

– tert-
nometr; 
5 – 
aralashtirgich. 


70
ni hisobga olgan holda, yonilg‘ini ekspluatatsion baholash qotish 
harorati yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda quyidagi qoida-
ga amal qilish lozim: dizel yonilg‘isi ishlatiladigan sharoitdagi eng 
past harorat uning qotish haroratidan kamida 10°C, ko‘pi bilan 
15°C yuqori bo‘lishi lozim. 
Masalan, qotish harorati minus 23°C bo‘lgan dizel yonilg‘isi-
ni tashqi havo harorati minus 10°C dan past bo‘lmagan sharoitlar-
da ishlatish mumkin. Bu sharoitda yonilg‘ining qotish harorati va 
ishlatish mumkin bo‘lgan eng past harorat orasidagi farq 13°C ni 
tashkil etadi, ya’ni belgilangan qoidada ko‘rsatilgan chegaradan 
tashqarida emas. 
Qotish harorati qishki dizel yonilg‘ilari uchun minus 35°C dan 
minus  45°C  gacha,  yozgi  yonilg‘ilar  uchun  minus  10°C  atrofida 
bo‘ladi. Shunday qilib, xiralashish va qotish haroratlari yordamida 
dizel  yonilg‘ilarining  fizikaviy  turg‘unligiga  bo‘lgan  talablarning 
bajarilishi ta’minlanadi. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida havo harorati xiralashish haro-
ratidan yuqori bo‘lganidagina yonilg‘idan foydalanish mumkin. 
Agar qishda yozgi yonilg‘idan foydalanilsa, ajraladigan para-
fin  kristallari  dvigatelning  ta’minlash  tizimiga,  ayniqsa,  mayin 
tozalash filtrlariga tiqilib qoladi, natijada yonilg‘i berish buziladi 
yoki to‘xtaydi. Sovuq vaqtda nafaqat yozgi yonilg‘idan, balki ara-
lash yonilg‘idan ham foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki ular-
ning past harorat va qovushoqlik xossalari dvigatelning normal ish-
lashini ta’minlamaydi. 
Ish jarayonida ba’zan dizel yonilg‘isining xiralashish va qo-
tish haroratlarini pasaytirish uchun unga kerosin aralashtiriladi. 
Ammo bunda yonilg‘ining setan soni kamayadi va dvigatel bunday 
yonilg‘ida nisbatan qattiq ishlaydi. 
3. 6. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə