K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishini



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishini
oshirish uslublari
Qish mavsumlarida ishlatiladigan dizel yonilg‘ilari bug‘lanuv-
chanlik va qovushoqlik xususiyatlari bo‘yicha amaldagi me’yorlar-
ni qoniqtirishi bilan birga, odatda, kichik (40 atrofida) setan soniga 
ega bo‘ladi. Bunga ko‘ra, yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishini 
yaxshilashning maxsus uslublarini qo‘llash zarurati paydo bo‘la-
di. Setan sonini oshirish ikki usulda amalga oshiriladi: yonilg‘iga 
kimyoviy tarkiblar ta’siri va maxsus qo‘shilmalar qo‘shish yo‘li 
bilan. 
Setan sonini, yonilg‘iga tarkibida kislorod atomlari bo‘lgan 
maxsus qo‘shilmalar qo‘shib, sezilarli darajada oshirish mumkin. 
Bunday qo‘shilmalar sifatida organik peroksidlar, azot kislotasi-
ning murakkab efirlari (etilnitrat, izoprapilnitrat) va boshqalardan 
foydalaniladi. Bu qo‘shilmalar silindrga yonilg‘i bilan birgalikda 
purkalib, ular kuchli oksidlovchi sifatida alangalanish oldi reaksi-
yalarini paydo bo‘lishi va rivojlanishini tezlashtiradi, buning nati-
jasida butun alangalanish oldi jarayoni tezlashadi. 
Natijada alangalanishning kechikish davri sezilarli darajada ka-
mayadi, bu, o‘z navbatida, setan soni kichik bo‘lgan yonilg‘ining 
tashqi ko‘rinishidan setan soni yuqori bo‘lgan yonilg‘i ko‘rinishiga 
mos kelishini ko‘rsatadi. 
Maxsus qo‘shilmalarni qo‘shish natijasida yonilg‘ining setan 
soni sezilarli darajada ortadi, masalan, hajm birligida bir foiz izo-
propilnitrat qo‘shilganida setan soni 8–12 birlikka ortadi. 
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishini yaxshilashga qaratil-
gan ekspluatatsion tadbirlardan biri qish mavsumida oson alan-
galanadigan yurgazib yuborish suyuqliklaridan foydalanishdir. Bu 
67
suyuqlikning asosiy tashkil etuvchisi oson bug‘lanadigan va yaxshi 
alangalanadigan etilli efir (C
2
H
5
)
2
O dan iborat. 
Atrof muhit harorati past bo‘lganida yonuvchi aralashmaning 
sekin o‘t olishi sababli dvigatellarni yurgazib yuborish qiyinlashadi. 
Dizelli dvigatellar uchun oson alangalanadigan «Холод D–40», 
karburatorli dvigatellar uchun «Арктика» nomli yurgazib yuborish 
suyuqligi ishlab chiqariladi. 
Dizellarni  yurgazib  yuborish  suyuqliklariga  gazdan  olingan 
benzin (qaynash harorati 30–100°C bo‘lgan fraksiyalar) va izopro-
pilnitrat qo‘shilganida yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi va 
asosiy yonilg‘ining yonishi tezlashadi, yurgazib yuborish davrida 
dizel yumshoqroq ishlaydi. Karburatorli dvigatellarning yurgazib 
yuborish suyuqligi «Арктика»gа ozgina miqdorda izopropilnitrat 
qo‘shilsa, efir va gazdan olingan benzinning uchqundan alangala
-
nishga tayyorlanishi tezlashadi, gazdan olingan benzin esa asosiy 
yonilg‘ida ishlashga ravon o‘tishni ta’minlaydi. Yurgazib yubo-
rish davrida yeyilishni kamaytirish uchun yonilg‘iga turbina moyi 
(8–12 foiz miqdorida) qo‘shiladi. Elektrodlarni moy bosganida o‘t 
oldirish svechalarining ishlash darajasi yomonlashadi, buning ol-
dini olish maqsadida «Арктика» suyuqligiga kam miqdorda moy 
qo‘shiladi. 
3. 5.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə