K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Setan soni. 
Dizel  yonilg‘isining  o‘z­o‘zidan  alangalanishini 
aniqlash benzinning detonatsiyaga qarshiligini aniqlash kabi amal-
ga oshiriladi. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida setan soni qabul 
qilingan bo‘lib, u setanning alfametilnaftalinli aralashmadagi foiz 
hisobidagi miqdoriga teng. Etalon aralashmaning o‘z-o‘zidan alan-
galanishi standart dvigatelda tekshirilayotgan yonilg‘ining alanga-
lanishi bilan bir xil bo‘lishi kerak. 
Dizel  yonilg‘isining  o‘z­o‘zidan  alangalanishini  aniqlashda 
etalon yonilg‘i sifatida yuqori tozalikdagi ikkita uglevodorod: se-
tan (normal geksadekan) С
16
Н
34
 va alfametilnaftalin C
10
H
7
CH
3
 dan 
foydalaniladi. Bunday uglevodorodlar alangalanishining kechikish 
davri juda qisqa bo‘ladi va dvigatelning yumshoq ishlashini ta’min-
laydi. Setan etalon aralashmaning tashkil etuvchilaridan biri bo‘lib, 
uning o‘z-o‘zidan alangalanishga moyilligi shartli ravishda 100 bir-
lik bilan baholanadi. Ikkinchi tashkil etuvchi alfametilnaftalinning 
65
o‘z-o‘zidan alangalanishga moyilligi 0 birlik bilan baholanadi. Ma-
salan, 40 foiz setan va 60 foiz alfametilnaftalin aralashmasining 
o‘z-o‘zidan alangalanuvchanligi 40 birlikka teng, yoki aralashma-
ning setan soni 40 ga teng deb qabul qilingan. 
Setan  soni  bir  silindrli  ИТ9–3  jihozida  aniqlanadi.  Bu  jihoz 
o‘zgaruvchan (7 dan 23 gacha) siqilish darajasida ishlash imkonini 
beradi. Bu ish sinaladigan dizel yonilg‘isi va etalon yonilg‘ini qiyo-
siy yondirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Avval qat’iy belgilangan 
sharoitda dizel yonilg‘isi sinaladi, keyin alangalanuvchanligi xuddi 
shunday bo‘lgan etalon aralashma tanlanadi. Setan sonini ИТ9–3 
jihozida quyidagi usullar bilan: kritik siqish darajasi bo‘yicha, alan-
galanishning kechikishi yoki o‘t olishlarning mos kelish momenti 
bo‘yicha aniqlash mumkin. 
Standartlarga, asosan, dizel yonilg‘isi 40–50 birlik setan soni bi-
lan ishlab chiqariladi. Setan soni 40 dan kam bo‘lgan yonilg‘ining 
alangalanishini kechiktirish davri katta bo‘lib, silindrda to‘plangan 
yonilg‘i qisqa vaqt ichida yonadi, gaz bosimi bir zumda ortib keta-
di. Shuning uchun ham dizel ravon ishlamaydi (taqillagan tovush 
chiqadi). Setan soni qancha katta bo‘lsa, dizel yonilg‘isining o‘z-
o‘zidan alangalanishi boshlanguncha bo‘lgan davr shuncha kichik 
bo‘ladi, dvigatel shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushirish 
harorati ham shuncha past bo‘ladi. Lekin setan soni 50 dan yuqori 
bo‘lishi ham maqsadga muvofiq emas. Chunki bunda yonilg‘ining 
to‘la  yonishi  kamayishi  natijasida  yonilg‘ining  solishtirma  sarfi 
ko‘payadi. 
Dizel yonilg‘ilarining «Dizel yonilg‘ilari. Texnik shartlar» deb 
nomlangan 305–82­ sonli Davlat standartiga binoan yozgi, qishki 
va arktik markalarda ishlab chiqariladi. 
Setan soni yozgi yonilg‘ilar uchun 47–51, qishki yonilg‘ilar 
uchun 40–49 va arktik yonilg‘ilar uchun 38–40 ga teng. 
Setan soni yonilg‘ining yonish jarayonidagina emas, balki 
unin g yurgazib yuborish sifatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar 
setan soni 40 birlikdan kichik bo‘lsa, sovuq dvigatelni qishdagina 
emas, hatto yilning issiq vaqtlarida ham yurgazib yuborishi juda 


66
qiyin bo‘ladi. Yozda setan soni taxminan 45 birlikka, qishda esa 
50 birlikka teng bo‘lgan yonilg‘i ishlatilganida dvigatelni normal 
yurgazib yuborish va bosimni asta-sekin oshirish mumkin. 
3. 4.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə