K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi deganda, yonilg‘i ara-
lashmasining olov yoki qizigan jism ta’sirisiz alanga oldiradi-
gan kimyoviy reaksiyaning o‘z-o‘zidan jadallashishi tushuniladi. 
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanish tizimida reaksiya aktiv 
oraliq mahsulotlarining to‘planishi yoki yuqori harorat ta’siri nati-
jasida sodir bo‘lishi mumkin. 
Siqilgan issiq havoga purkalgan suyuq yonilg‘ining o‘z-o‘zidan 
alangalanishi dizellardagi yonish jarayonining dastlabki bosqichi 
uchun xos hodisadir. 
O‘z-o‘zidan alangalanish issiqlik ajralish va chala oksidlanish-
ning oraliq mahsullari (aldegidlar, spirtlar va hokazo) hosil bo‘lishi 
bilan kechuvchi alanga oldidagi zanjirli reaksiyalar rivojlanishi-
ning yakuniy natijasidir. 
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi dizel dvigatelining bir 
qator ko‘rsatkichlariga, birinchi navbatda, dvigatelni oson yurgazib 
yuborish (bunda dvigatel yumshoq va barqaror ishlaydi) va dvi-
gatellarning qattiq (taqillab) ishlashiga, sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Alangalanishning kechikish davri ortganida, dizel dvigateli ta-
qillab ishlaydi. Bunga yonilg‘ining kimyoviy tarkibi sabab bo‘ladi. 


64
Dvigatelning taqillab ishlashi tirsakli val burchakka burilgani
-
da ko‘tariladigan bosimga qarab aniqlanadi. Odatda, tirsakli val 
burilganida bosim 0,25–0,50 MPa gacha ortsa dvigatel yumshoq 
ishlayotgan, bosim 0,6–0,9 MPa ortganida taqillab ishlayotgan, 
0,9 MPa dan ortiq ko‘tarilganida esa juda taqillab ishlayotgan hi-
soblanadi. 
Dvigatel  qattiq  ishlaganida,  uning  detallari,  ayniqsa,  podship
-
nik vkladishlari tez yeyiladi, porshen halqalari deformatsiyalanadi, 
karterga gaz kirishi ko‘payadi, yonilg‘i sarfi ortadi. Tashqi belgilari 
va oqibatlariga ko‘ra, dizellarning qattiq ishlashi benzinli dvigatel-
lardagi detonatsiyani eslatadi, lekin ularning paydo bo‘lish sabab-
lari butunlay qarama-qarshidir. Bu sabablar yonilg‘ining kimyoviy 
tarkibiga, ya’ni uglevodorodlar oksidlanish jarayonining kechish 
tavsifiga bog‘liq. Agar dizel yonilg‘isida oson alangalanadigan ug
-
levodorodlar ko‘p bo‘lsa, u tezda alangalanadi va dvigatel yum-
shoq ishlaydi. Benzinda esa xuddi shunday uglevodorodlar kar-
buratorli dvigatelda detonatsiya hosil qiladi. Dizel yonilg‘isining 
o‘z-o‘zidan alangalanishiga hamda dvigatelning qattiq ishlashiga 
moyilligi setan soniga qarab aniqlanadi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə