K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Dizel yonilg‘isining xiralashish va qotish harorati



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Dizel yonilg‘isining xiralashish va qotish harorati
Havo haroratining pasayishi natijasida dvigatel ta’minlash 
tizimining bak-yuqori bosimli nasos uchastkasida yonilg‘i uzatish 
jarayoni buzilishi mumkin. Yonilg‘i uzatish tartibining buzilishi 
va hatto butunlay to‘xtab qolishi yuqori haroratlarda eriydigan ug-
levodorodlarning, birinchi navbatda, normal parafinlarning kristal
-
lanishi tufayli vujudga keladi. Qattiq kristall fazalarning miqdori 
ortadi. Parafin kristallari kattalashadi va kristall karkas hosil qiladi, 
natijada yonilg‘i harakatlanish xususiyatini yo‘qotadi. 


68
Kristallanuvchi uglevodorodlar karkaslarining hosil bo‘lishi 
natijasida neft mahsulotlarining harakatlanuvchanlik xususiyatini 
yo‘qotishi 
qotish
 
deyiladi. 
Qotish holati vujudga kelmagan taqdirda ham, yonilg‘i tarkibida-
gi  mavjud  mayda  kristallarning  yonilg‘i  filtrlariga  o‘tirib  qolishi 
natijasida dvigatelga yonilg‘i yetkazib berilishi to‘xtab qoladi. Shu 
sababli dizel yonilg‘ilari bo‘yicha standartlarda yonilg‘i tarkibidagi 
uglevodorodlarning kristallana boshlanishini (xiralashish harorati) 
va yonilg‘i harakatlanuvchanligining yo‘qolishini (qotish harorati) 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiritilgan. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə