76
Oltingugurtli yonilg‘ilarning ishlatilishi motor moyining es-
kirish jarayoni tezlashishini, moy filtrlovchi elementlarida to‘pla
-
nadigan cho‘kindilar miqdorining ortishini va divigatelda qurum
hosil bo‘lishini jadallashtiradi.
Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalarning dvigatel detal-
lariga korrozion ta’sirini kamaytirish uchun porshenning yuqorisi-
dagi kompression halqalari va gilzalarning yuqori qismi antikorro-
zion qoplam bilan qoplanadi, buning natijasida ushbu detallarning
yemirilishi kamayadi.
Dizel yonilg‘isi sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishi yonilg‘i
tarkibidagi oltingugurtli birikmalar miqdorini kamaytirishdir. Bu
jarayon gidrotozalash qurilmalarida amalga oshiriladi.
Oltingugurtli yonilg‘ini ishlatishda kelib chiqadigan noqulayli-
kni tasavvur qilish uchun quyidagi misolni keltiramiz. Tarkibida
1 foiz oltingugurt bo‘lgan 1 tonna yonilg‘i yonganida, 20 kg oltin-
gugurt angidrid hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oltingugurt angidrid,
o‘z navbatida, 25 kg oltingugurtli kislota hosil qiladi. Natijada
bunday yonilg‘i ishlatilganida, dvigatel detallarining yemirilishi
(tarkibida 0,2 foiz oltingugurt bo‘lgan yonilg‘iga nisbatan) 2–3
barobarga ortadi.
Davlat standarti bo‘yicha, yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miq
dori 0,2–0,5 foizgacha etib belgilangan. Tarkibida 0,2 foizgacha
oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ilar dvigatelning ish jarayonida noqu-
layliklar keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun bunday yonilg‘ilar-
dan hech qanday chegarasiz foydalanish mumkin. Tarkibidagi
oltingugurt miqdori 0,2 foizdan ortiq bo‘lgan yonilg‘ilardan dvi-
gatelning moylash tizimidagi moy tarkibida ishqoriy komponentlar
bo‘lganidagina foydalanishga ruxsat etiladi.
3. 9.
Dostları ilə paylaş: