1.3-jadval
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda olinadigan axborotlarni tahlil qilish
Birlamchi manbalar
Ikkilamchi
manbalar
Uchlamchi manbalar
1. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun.
2. Ta’lim sohasini rivojlantirish
bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi
tomonidan ijroga yo‘naltirilgan
huquqiy –me’yoriy hujjatlar.
3. Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan qabul qilingan
qarorlar va yo‘riqnomalar,
buyruqlar.
4. Xalq ta’limi sohasi xodimlari
kunida Prezident tomonidan
so‘zlangan nutq.
5. Lex.uz. saytida
joylashtirishgan ma’lumotlar.
6. Original san’at asarlari,
qo‘lyozmalar, fotosuratlar,
kundaliklar, shaxsiy maktublar,
og‘zaki hikoya, intervyu.
1. Mutaxassislikka
tegishli ilmiy
adabiyotlar.
2. Mutaxassislikka
tegishli ilmiy
jurnallar.
3. Sohaga tegishli
tanqidiy tahlil yoki
ma’lumotlar. (tegishli
tashkilotlar
monitoringi )
1. Referatlar.
2. Bibliografiya.
3. Qo‘llanmalar.
4. Ensiklopediyalar.
5. Ko‘rsatkichlar.
6. Xronologik
jadvallar.
7. Ma’lumotlar bazasi.
Axborotga bo‘lgan ehtiyojlar asosida “Axborot” atamasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish,
shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin. Axborot – bu to‘plangan,
qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda
taqdim etiladigan ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi –
“tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar”dir. Lotin tilida “informatio” –
tushuntirish, bayon qilish demakdir. O‘tmishda Mazkur tushuncha ortida odamlar
44
tomonidan bir biriga og‘zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan ma’lumotlar
tushunilgan. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning
asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, “axborot – bu biz unga va uning bizning
hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”[41].
Boshqa tomondan, “axborot” istilohi shuningdek “axborot berish”, axborotni
uzatish va uni tarqatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning
ta’kidlashicha, axborot deb oldindan ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqidagi xabar
yoki ma’lumotlar tushuniladi[68]. Nima bo‘lgan taqdirda ham axborot muhim
unsur bo‘lib, usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham tasavvur qilib
bo‘lmaydi.
U.I.Inoyatovning “Globallashuv sharoitida yoshlarning mediasavodxonligini
oshirish” nomli maqolasida internet sahifalarida to‘g‘rilik darajasi tasdiqlanmagan,
yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, zo‘ravonlik va axloqsizlikka boshlovchi
sahifalar soni kundan kunga oshib borishi, internetning foydasi bilan bir qatorda
uning zararli oqibatlarini o‘quvchi-yoshlarga singdirib borish orqali ularda
mediasavodxonlikni
oshirish
barchamizning
kechiktirib
bo‘lmaydigan
vazifalarimizga kirishini ta’kidlaydi[64].
Media va axborot savodxonligi 2007-yilda YuNESKO tomonidan taklif
etilgan keng qamrovli tushunchadir. U axborot savodxonligi va mediasavodxonlik
bilan bog‘liq barcha kompetensiyalarni, shu jumladan raqamli yoki texnologik
savodxonlikni ham qamrab oladi.
Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur
vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish,
tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish
imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir.
Media savodxonlik sohasidagi ta’lim turli fanlar kesimida amalga oshiriladi.
Shu bois mavjud holat va maqsaddan kelib chiqqan holda turli yondashuvlardan
foydalanish mumkin. Masalan, mediasavodxonlikning xavfsizlik, ijtimoiy-axloqiy
ko‘nikmalarni shakllantiradi. Mediasavodxonlik shakllanishi davomida tinglovchi
mediadan samarali va xavfsiz foydalanishi, ijtimoiy hayotning muayyan bir
45
manzilidagi ahvolni adekvat, kasbiy tarzda baholashi, mustaqil fuqarolik
pozitsiyasini shakllantirishi, buning barobarida fuqarolik jamiyatini barpo etishga
ko‘maklashish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
S.S.Bodrunova, A.V.Yakuninlar “internetdаgi mеdiа axborоtlar fanlarni
integratsiyalaydi” degan fikrni bildiradilar[31].
I.V.Gordeeva multimedia ilovalarining tasnifi va qo‘llanilish sohalari,
multimedia ilovalarining tasnifi, multimedia ilovalari hajmi, multimedia – ta’lim
mahsulotlari, multimedia texnologiyasining tarkibiy qismlari haqida o‘z ilmiy
farazlarini taqdim etadi[45].
O‘rganilgan manbalarda “Media savodxonlikning asosiy jihati sifatida
mediamuhitga tahliliy yondashuv, ya’ni analitik qаbul qilish orqali о‘zini ifоda
etish”, degan ta’rifga tayanamiz. Tadqiqot ishida mediakompetentlik quyidagi
ko‘nikmalarni o‘z ichiga оlishi asoslandi:
–
tanqidiy tahlil qila olish ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya sohasiga tegishli
bо‘lgan mediakоntentni аdekvаt tarzda tаlqin eta olish, mediamatnni baholashni
bildiradi. Ushbu ko‘nikmalar rang-barang mediakontent va janrlar vositasida
yaxshiroq rivojlanadi;
–
tinglovchilar uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ushbu ko‘nikmalar
o‘zida media-resurslar yaratish orqali shakllantirishi mumkin;
–
interfaollik ko‘nikmalari media orqali muloqot qilish va turli
mediarollarni bajarib ko‘rish qobiliyatini ko‘rsatadi. Mazkur ko‘nikmalarni ta’lim
va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko‘nikmalari o‘z fikri va
ko‘rsatmalarini ifoda etishga tayyorligini ko‘rsatadi;
–
xavfsizlik ko‘nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularga duch
kelmaslik qobiliyatini namoyon etadi. Virtual makonda xavfsizlikka rioya
qilishning muhim ko‘nikmalaridan hususiy makonni himoyalash hamda kerak
bo‘lmagan kontent va muloqotdan voz kechishni nazarda tutadi.
Mediakompetentlikka ega bо‘lgan о‘qituvchi pedagоgik fаоliyatda
quyidagilarni bajara oladi:
–
dоlzаrb, ijtimоiy аxbоrоtlar аsоsida yangi tа’lim resurslаrini yаrаtа оladi;
46
–
ta’lim sоhasi va ijtimоiy jаrаyоnlarni tаnqidiy jihаtdan tаhlil etа оlish;
–
mediаning ijtimоiy jarayоnlarga ta’sir etish kо‘lami va darаjаsini, undа
аxbоrоtni namоyish etish shаkllаrini bilish, ulаrdаn hоzirgi zamоn dolzarb
masalalarini ijоdiy аnglаb, ulаr yuzаsidаn mustаqil fuqarоlik pоzitsiyаsini ifоda
etish uchun fоydаlаnish;
–
jаmiyаt tarаqqiyоtining dоlzаrb mаsаlаlаri bо‘yicha оmmаviy munоzаrа
va mulоqоtlаrni tа’minlаsh va qо‘llаb-quvvаtlаsh;
–
inson hаyоti dаvоmida uzluksiz tа’lim оlishni qо‘llаb-quvvаtlаsh;
–
fuqаrоlik jаmiyаti va glоbаl аxbоrоt tаrmоg‘ini shаkllаnishi va
rivоjlаnishini qо‘llab-quvvаtlаsh.
О‘qituvchining media va axborot savodxonligini ham uzluksiz tarzda
rivojlantirib borish talablaridan biri hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining media
ko‘nikmalari, uning media tanqidga qobiliyati va media tilini bilishi texnik-
texnologik hamda shaxsiy mediaresursni yarata olishi malaka va ko‘nikmalarini
shakllantiradi.
O‘qituvchilar doimiy ravishda izlanadi, malakasini rivojlantirib boradi.
Ushbu jihat ular shaxsi va kasbiy dunyoqarashining shakllanishida muhim
ahamiyatga ega. Medialar esa ular turli rollar, modellar va tajribalar vositasida
o‘zining maqsad sari intilishini ko‘rsatish uchun universal makon sifatida xizmat
qiladi. Bu о‘rinda gаp о‘qituvchining mustаqilligi, fikr vа his-tuyg‘ulаrining
аnglangаnligini nаzаrdа tutuvchi о‘zligini аnglаshgа yоrdаm berib, izchil tаrzdа
yuqоri dаrаjаdаgi mustаqillik, аniq nаtijаlаrni kо‘zlash asоsida yuzаgа keluvchi
tаnqidiy tafakkur shakllanadi. Mediаresurslardan foydalanish pedagoglarning
ongini, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishda, o‘zini
olamning bir qismi sifatida tasavvur etishida yordam beradi. Bu o‘rinda ularning
o‘zlikni namoyon etishning qudratli vizual vositasi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar faol
foydalanishi bilan aniqlanadi. Bunday sharoitda mutaxassislarni tayyorlashga talab
ortib pedagogdan yuksak izlanuvchanlik va tashabbuskorlikni talab qiladi.
Ta’lim tizimi dinamikasi uzluksiz kasbiy rivojlantirishda pedagogik kadrlar
kasbiy tayyorgarligiga yangicha talablar, jumladan, axborotlar bilan ishlay olish
47
talabining yuzaga kelishiga ko‘maklashdi.
Dostları ilə paylaş: |