Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə126/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

Himoyalash funksiyasi orqali kreditlarning foizi tijorat banki mablag‘larini inflyasiya yoki boshqa salbiy ta’sirlardan himoyalaydi. Bunday sharoitda bank operatsiyalari bo‘yicha foizlar va uning darajasi ta’sir qiluvchi iqtisodiy omillar ta’siridan kelib chiqib aniqlanadi.


Bozor munosabatlarining qaror topishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan bank tizimi va kredit munosabatlarining qonuniy asoslarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Banklar faoliyatining huquqiy asosi deganda, odatda, banklar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari tushuniladi.
Tijorat banklarida bank operatsiyalari va xizmatlarini ko‘rsatish hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha huquqiy manbani tashkil etuvchi qonunlarni qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yuridik asos hisoblanadi. Respublikamizda kredit munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishda bank sohasiga oid qonunlar muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda har qanday munosabatlarni tartibga solish borasidagi huquqiy me’yorlar va tartiblar O‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik Kodeksida o‘z aksini topgan. Kredit munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tartibga solinadi. Fuqarolik Kodeksining 41-bobi «Qarz va kredit» to‘g‘risida bo‘lib, uning ikki paragrafi kredit munosabatlariga bag‘ishlangan. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tomonlar o‘rtasida kredit bitimining shartnomaviy xarakterga ega ekanligidir. Kredit munosabatlarida ikki tomon, qarz oluvchi va kreditor ishtirok etib, ular o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro talablar va majburiyatlar shartnoma asosida mustahkamlanishi ko‘rsatib o‘tilgan128.
Qarzdor va kreditor o‘rtasida kredit shartnomasi yozma ravishda tuzilib, tomonlar o‘rtasida imzolanib, huquqiy kuchga kiritiladi. Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga muvofiq, kredit shartnomasida bir tomon – tijorat banki yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi sub’ektga (qarzdorga) shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda va belgilangan shartlar asosida pul mablag‘larini (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul mablag‘larini va undan foydalanganlik uchun foizlarni qaytarish majburiyatini oladi129.
Kredit shartnomasi konsensual shartnoma130 hisoblanib, u kredit munosabatlari ishtirokchilari tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va huquqiy kuchga kiradi. Ammo berilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki haqiqatda kredit mablag‘laridan foydalanilgan davr uchun to‘lanadi. Bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuziladigan kredit bitimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ma’lum bir to‘lov evaziga tuziladigan, ya’ni qarzdor kreditorga kreditdan foydalangani uchun foiz, vositachilik - komission ko‘rinishida haq to‘lashi haqidagi shartnomadir.
Kredit shartnomasining muhim elementlaridan biri kredit foiz stavkalarining belgilanishidir. Bank kreditidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi. Bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, bank kreditidan foydalanganlik uchun foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida qaytarishni qarzdordan talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kredit shartnomasida bir martalik vositachilik va komission haq to‘lash belgilanishi mumkin. Ushbu shartlar kredit shartnomasining tegishli bo‘limida aks ettirilishi lozim.
Qonunlar yuridik kuchga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjat hisoblanadi. Qabul qilinadigan qonunlarda hamma sohalar singari, bank faoliyatiga oid iqtisodiy munosabatlarning asosiy mazmuni va ularni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy usullari, maqsad hamda vazifalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari, xizmat haqi va komission to‘lovlar Qonun va qonun osti hujjatlariga muvofiq banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Jumladan, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasi birinchi bandiga muvofiq, bank kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilaydilar131. Kredit foiz stavkasi va boshqa to‘lovlarni belgilash tartibi bank siyosatida o‘z aksini topadi.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 3-bobi 31-moddasiga muvofiq, banklar o‘z mijozlari bilan o‘zaro munosabatlarni shartnomalar asosida amalga oshiradi132. Kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi huquqiy-iqtisodiy shartlarni, tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlaydi.
Respublikamizda tijorat banklari chakana xizmatlarining rivojlanishi, aholi va banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar takomillashtirilishini talab etdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi, «Ipoteka to‘g‘risida»gi va «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi qonunlarga muvofiq, bank va qarzdorlar o‘rtasidagi kredit munosabatlari qonuniy jihatdan tartibga solinadi. Xususan, ularda bank kredit xizmatlarini ko‘rsatish shartlari, tartibi va ular bo‘yicha belgilanadigan foiz stavkalari shakllanishining huquqiy asoslari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi 2006 yil 24 fevralda qabul qilingan qonunining 7-moddasi 4-bandiga asosan iste’mol kreditini berish qoidalari, kredit miqdori va muddati, foiz stavkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamma uchun ochiq bo‘lishi ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 10-moddasiga muvofiq, bank va mijoz shartnomasi asosida kredit munosabatlari kuchga kirishi, shartnomada foiz stavkasi ko‘rsatilishi va u tomonlar kelishuvi asosida o‘rnatilishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘risida» gi qonunining 8-moddasiga muvofiq, kredit tashkilotlari qarz oluvchilarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining ochiq bo‘lishini ta’minlashi lozim. Kredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda mijozlarga moliyaviy xizmat miqdori (summasi), muddati va undan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. Ushbu qonunning 14-moddasida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma tuzilishi orqali amalga oshirilishi va unda foizlar yoki lizing to‘lovlari miqdorini aniq belgilash lozimligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmat bo‘yicha asosiy qarzlarni qaytarish tartibi va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddatlari o‘z aksini topishi lozim. Bankdan olingan mablag‘lar muddatidan ilgari qaytarilishi va mijozlar haqiqatda foydalangan muddati uchun hisoblangan foizlarni to‘lashi qonunning 19-moddasida aks ettirilgan. Haqiqatda foydalanilgan davr uchun foizlarni to‘lanish sharti kredit shartnomasida ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Qonunlar asosida qabul qilingan qonun osti hujjatlari davlat boshqaruvi organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan me’yoriy hujjati bo‘lib, bank faoliyatiga oid muayyan tartib–qoidalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha foizlarni belgilashning ikkilamchi huquqiy manbai bu qonun osti chiqarilgan hujjatlardir. Markaziy bank o‘zining vakolatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha sub’ektlar ijro etishi majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. Markaziy bank tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha qonunchilik doirasida me’yoriy hujjatlarni qabul qiladi.
Kreditlash bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarda, imtiyozli foiz stavkalari va ularni qo‘llash borasidagi tartiblar ham o‘z aksini topgan. Imtiyozli foizlarni o‘rnatishning birlamchi qonuniy asosi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 28-moddasi hisoblanadi. Unda tijorat banklarining davlat dasturlarini kreditlash uchun Markaziy bank, byudjet, byudjetdan tashqari fondlar kredit liniyalari va boshqa manbalardan beriladigan kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘rnatishida yuqori chegarasini Markaziy bank belgilashi qayd etilgan. Bunda tijorat banklari orqali berilayotgan markazlashtirilgan resurslar uchun to‘lov va eng asosiysi tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanishi e’tiborga olinadi. Tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar banklarga minimal daromad olishini ta’minlashi lozim.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va kreditlash maxsus yo‘nalish asosida tashkil qilingan. Ularni tashkil qilish «Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida»gi 1675-sonli nizomga muvofiq belgilanadi. Nizomga asosan tijorat banklari qishloq xo‘jaligi korxonalarini imtiyozli foizlar asosida kreditlashni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini imtiyozli shartlar asosida kreditlash bilan ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladigan kredit foiz stavkasi yillik 3 foizni tashkil etib, shundan tijorat bankining marjasi 2 foizni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonasi berilgan kredit sug‘urtalanadigan holatda 0,75 foizi «O‘zagrosug‘urta» ga o‘tkazib, bankning foiz marjasi 1,25 foizni tashkil qiladi.133 Bu esa ba’zi hollarda tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarini bank ixtiyorida qoladigan marja hisobiga qoplamaslik hollariga olib keladi. SHunday ekan, bunday kreditlash amaliyoti tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada kredit portfeli sifatini pasaytirib, bankda muammoli kreditlarning ko‘payishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tijorat banklari orqali amalga oshirilib, ularga imtiyozli stavkalarda kreditlar berilishi qonun va qonun osti hujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq, kredit resurslaridan erkin foydalanish tartibi ko‘rsatilgan134. Unda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari qonun hujjatlariga muvofiq, kredit resurslaridan erkin foydalanish huquqiga ega. Shuningdek, byudjetdan tashqari fond va jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun byudjet mablag‘lari hisobidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004 yil 17 dekabrdagi 594-sonli «Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida»gi nizomiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarining buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalariga muvofiq yuritish tartibi belgilangan. Kreditlarning foizlarini hisoblash va ularni bank daromadi sifatida tan olish bo‘yicha respublikamiz banklari amaliyotida moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalari talablariga mos kelmaydigan jihatlari mavjud. Xususan, banklarning faktoring operatsiyalari bo‘yicha hisoblangan diskontli daromadi tijorat banklarida kassa usulida hisobga olinmoqda, ya’ni hisoblangan diskontli daromad faqat kelib tushgandan keyingina bankning daromadi sifatida tan olinmoqda. Ungacha 11101-«Sotib olingan debitorlik qarzlari - faktoring» - balans hisobvarag‘ida diskont summasi tarkibida hisobga olinadi va banklar bu summani o‘z daromadi sifatida moliyaviy hisobotida ifoda eta olmaydi. Bu banklarning daromadlilik va foyda ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro bank amaliyotida esa, debitor qarzdorlik sotib olinishi bilan u banklarning moliyaviy hisobotida uning daromadi sifatida o‘z ifodasini topadi. Shu sababli, banklarning diskontli daromadlarini tan olishda kassa usulini qo‘llashdan ko‘ra hisobga olish usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.




R
ivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida kredit bahosini shakllantirish bankning jalb qilingan resurslari qiymati, kredit riski darajasi, kredit amaliyoti xarajatlari, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, kreditga bo‘lgan talab va taklif, raqobat kabi omillar tahliliga asoslanadi. Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida kredit bahosini belgilash turli bosqichlarda va chuqur tahlillar asosida olib boriladi. CHunki kredit bahosini bunday chuqur tahlil qilishdan asosiy maqsad bank kredit operatsiyalarining samaradorligiga erishish va bankning strategik maqsadlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Xorijiy mamlakatlar bank amaliyotida kredit bahosini belgilashda bir qancha modellar qo‘llaniladi. Bu modellar bank faoliyatining xususiyatlari, kreditlash usullari, mijozlarni toifalarga ajratish va boshqa jihatlari asosida amalga oshiriladi. Biz tadqiqot ishimizda asosan AQSH tijorat banklari amaliyotida kredit bahosini belgilashda foydalaniladigan metodlar va modellarga to‘xtalib o‘tamiz. Kredit tizimi rivojlangan mamlakatlarda kredit bahosini belgilashda quyidagi modellardan keng foydalaniladi:
– «Qiymat plyus» modeli;
– «Baho etakchiligi» modeli;
– «Qiymat – foyda» modeli.

Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə