Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


Pul-kredit siyosati milliy valyuta barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə99/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

5.Pul-kredit siyosati milliy valyuta barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida



O’

zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining strategik maqsadi bo’lib, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning almashuv kurslari dinamikasiga baho berish monetar tahlilning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat va Markaziy bankning monetar siyosati avvalambor, narxlarni barqarorligini saqlab turish va milliy valyutadagi aholi daromadini oshirish orqali milliy valyutadan manfaatdorlikni oshirishga qaratilgandir.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga oid ilmiy izlanishlar olib borgan ko’pchilik iqtisodchi olimlar, shu jumladan, O.Naumchenko, J.Matuk, V.Usoskin, K.Baynke, T.Bobakulov, O.Namozovlar pul-kredit siyosatining beshta an’anaviy instrumenti mavjudligini e’tirof etganlar. Ushbu instrumentlarga quyidagilar kiradi:

  1. Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosati;

  2. Majburiy zahiralar siyosati;

  3. Ochiq bozor siyosati;

  4. Valyuta siyosati;

  5. Depozit siyosati.

Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosati deganda uning tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq tadbirlari majmui hisoblanadi. Barcha mamlakatlarda, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank tijorat banklari uchun so’nggi pog’onadagi kreditor hisoblanadi. Shu bilan birga, hukumatning iqtisodiy siyosati doirasida moliyalashtirilayotgan muhim tadbirlar va investitsion loyihalar markazlashgan resurslar hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtiriladi.
Markaziy bank tijorat banklarini uch xil usulda kreditlay oladi:
1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan kreditlashtirish;
2. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan kreditlashtirish.
3. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini to’g’ridan-to’g’ri kreditlash.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan beriladigan kreditlar hisobli kreditlar deyiladi va ularning foiz stavkalari hisob stavkalari deyiladi. Hisob stavkalari Markaziy bankning foiz siyosatida asosiy o’rinni egallaydi. Buning asosiy sababi, fikrimizcha, hisob siyosatining Markaziy bankning boshqa instrumentlariga nisbatan bir qator muhim afzalliklarga ega ekanligidadir. Biz tomonimizdan, xalqaro bank amaliyotida Markaziy bankning hisob siyosatidan foydalanish amaliyotini tadqiq qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, uning hisob siyosati quyidagi afzalliklarga ega:
1. Markaziy bankning hisob siyosati mohiyatiga ko’ra bozor xarakteriga ega bo’lgan, muomaladagi pul massasining hajmiga bilvosita va samarali ta’sir ko’rsata oladigan instrument hisoblanadi.
2. Markaziy bankning hisob siyosati mamlakat to’lov balansining holatiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan muhim omil hisoblanadi.
3. Markaziy bankning hisob siyosati orqali milliy iqtisodiyotning ustivor tarmoqlariga mansub bo’lgan korxonalarni tanlanma asosda, ya’ni selektiv tarzda kreditlashtirish mumkin.
Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida Markaziy banklarning hisob siyosati qayta moliyalashtirish siyosatining nisbatan faol tarzda va keng ko’lamda qo’llaniladigan turi hisoblanadi. Masalan, Yaponiyada Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga asosan hisobli kreditlar beriladi. Hisobli kreditlar 3 oygacha muddatga beriladi. Uni berish va qaytarish tartibi Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo’lgan tadbirlar majmui bo’lib, Markaziy bank tijorat banklarini 3 xil usulda kreditlay oladi:
1. Qayta moliyalash stavkasi Markaziy Bank tomonidan tijorat banklariga ularning ixtiyoridagi tratta (o’tkazma veksel)larni qayta hisobga olish yo’li bilan beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir.
Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, ya’ni uzatma tijorat veksellarini o’zida qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Qayta hisobga olish kontingenti hajmini belgilashda pul massasining o’sish sur’ati, inflyatsiya darajasi kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobga olinadi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki O’zbekiston Respublikasi amaliyotida trattalar muomalasining 1996 yilda to’htatilganligi mamlakatimiz Markaziy bankiga diskont siyosatini qo’llash imkonini bermaydi. Buning natijasida Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali ssuda kapitallari bozoriga va makroiqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’sir etish imkoniyati pasayadi.
2. Tijorat banklari Markaziy Bankdan o’zlarining portfelidan qimmatli qog’ozlarni garovga qo’yish orqali kredit olishi - bu lombard krediti hisoblanadi. Ushbu usulda berilgan kreditlarning foiz stavkasi lombard stavkalari deyiladi. Lombard stavkasi har doim hisob stavkasidan ikki-uch punkt yuqori yuradi.
3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to’g’ridan - to’g’ri kreditlash usuli.
Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va muddatli kreditlar shaklida bo’ladi.
Ushbu kreditlardan foydalanish orqali Markaziy bank banklarning kredit mablag’lariga bo’lgan ehtiyojlarini qisqa muddatda qondirish orqali muomaladagi pul massassiga ta’sir etishlari mumkin.

Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə