Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


-mavzu. Kredit bo’yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə123/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

11-mavzu. Kredit bo’yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar



REJA:

1. Kredit bahosi xususidagi nazariy qarashlar evolyusiyasi

2. Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishining huquqiy asoslari

3. Bank krediti bahosi shakllanishi bo‘yicha xorij tajribasi va undan O‘zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlari

4. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kredit portfeli va uning tahlili



Tayanch so‘z va iboralar: Kredit, kredit bahosi, kredit summasi, foiz, nominal foiz stavkasi, hisob stavkasi, kredit garovi, real stavksi, foiz stavkasi, foyda, soliq, qisqa muddatli kredit, uzoq muddatli kredit, tijorat kredit,xalqora kredit.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyotning real sektorini kreditlash tijorat banklarining muhim daromad manbaiga aylangan. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlashga mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bank kreditlari berish amaliyotini takomillashtirish orqali erishish mumkin
. Tijorat banklari faoliyatining natijalari va banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltiriladigan kreditlarning hajmi ularga belgilanadigan baho darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kredit bahosi xususidagi fikrlar dastlab Qadimgi YUnonistonda paydo bo‘lgan. Platonning fikricha, «...kreditning faqat ishonch asosida va foizsiz berilishi maqsadga muvofiq»120. Aristotel ham shunday fikrlarni bildirib, «...pul pulni yaratmaydi va foizli daromad keltirmaydi»121 deb yozadi. Uning fikri ham pulni foizga emas, balki vaqtinchalik foydalanish uchun berishni yoqlaydi. O‘sha davrga mos bunday yondashuvlar sudxo‘rlik rivojlangan davrda jamiyat rivojlanishida tabaqalanishni cheklash uchun xizmat qilgan. Biroq jamiyat rivojlanishi va taraqqiyotini ta’minlovchi manba bo‘lgan kredit va uning bahosini to‘g‘ri talqin qilish lozim.
Iqtisodiy lug‘atda kredit bahosi kreditdan foydalanilganlik uchun foiz to‘lovlari yig‘indisi sifatida qayd etilgan. Aynan shu manbada kredit foiz stavkasi kreditorning ssudadan foydalanganligi uchun qarzdordan oladigan to‘lovi ekanligi hamda foiz miqdori bank tomonidan o‘rnatilishi ham ko‘rsatilgan122. Ammo kredit bahosining shakllanish jarayoni va uning boshqa tarkibiy qismlari xususida fikrlar bildirilmagan.
K.Marksning fikricha, «...foiz qarzga beriladigan kapitalning o‘sishidir»123.U qarzga beriladigan kapitalning o‘sishidan iborat bo‘lgan foiz qarzga beriladigan kapitalning qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadigan bahosi shaklida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, foiz miqdori xususida to‘xtalib, «...foizning faqat yuqori chegarasi bor, u ham bo‘lsa – o‘rtacha foydadir», deb tushuntiradi124.
Aslida esa, kredit foiz stavkasining quyi va yuqori chegarasi bo‘lib, uning yuqori chegarasi kreditdan foydalanish natijasida olinadigan o‘rtacha foyda miqdoridir. Kredit foiz stavkasining quyi chegarasi bankning kredit berishdan olishi mumkin bo‘lgan minimal foydasi hisoblanadi. CHunki foiz stavkasi quyi chegarasining bo‘lmasligi mablag‘ egalarining mablag‘larni joylashtirishidan naf bo‘lmasligini anglatadi.
Klassik nazariyada foiz stavkasi va uning me’yori haqida J.Keyns: «Foiz me’yori bozorda kapitaldan foydalanganlik uchun to‘lanadigan baho sifatida aniqlanadi»125, degan fikrni bildirgan. Muallif tomonidan foiz stavkasining makroiqtisodiy jihatdan shakllanish mexanizmi o‘rganilgan va iqtisodiyotdagi investitsion jarayonlarga bevosita ta’sir etish qobiliyatiga ega ekanligi asoslab berilgan.
Amerikalik iqtisodchi I.Fisher foiz stavkasiga quyidagicha ta’rif beradi: «...biz foizning me’yorini foiz mukofoti sifatida aniqlaymiz, u pulda ifodalangan bo‘lib bir yildan so‘ng to‘lanishi kerak»126.
Shunga o‘xshash fikrni rossiyalik iqtisodchi olim O.I. Lavrushinning tadqiqotlarida uchratish mumkin. U «Ssuda foizi ssudadan vaqtinchalik foydalanishdan olinadigan o‘ziga xos to‘lov hisoblanadi»127, degan fikrni bildirib ssuda foizining tarkibiy qismi sifatida bank foiziga alohida urg‘u bergan, uning farqli jihati sifatida kredit munosabatlarida bank ishtirok etishini ta’kidlab, kredit bahosining mikrodarajada va makrodarajadagi omillar ta’sirida shakllanishini tahlil etishga va ularni guruhlashga o‘z e’tiborini qaratgan.
Olimning banklararo raqobat muhiti to‘la shakllanmagan hozirgi sharoitda faqat Markaziy bank ssuda kapitallari bozoridagi talab va taklif muvozanatiga bevosita ta’sir ko‘rsata olishi to‘g‘risidagi fikri muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
YUqorida qayd etilgan iqtisodchi olimlarning kredit bahosi xususidagi qarashlari va ta’riflarining qiyosiy tahliliga tayangan holda, kredit bahosi qarz oluvchi tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq kreditorga mablag‘lardan vaqtinchalik foydalangani uchun to‘lanadigan to‘lovdir.
Tijorat banklarining kredit xizmatlari bozoridagi faolligini oshirish va mijozlar bazasini mustahkamlashning muhim yo‘nalishi kredit bahosini aniq hisob-kitoblar va tahlil natijalariga asoslangan holda shakllantirish hisoblanadi. Tijorat banklarida kredit bahosini chuqur tahlillar asosida shakllantirilishi kredit operatsiyalarining yuqori samaradorligiga erishishiga va kredit xizmatlari bozoridagi mavqeini mustahkamlashga zamin yaratadi.
Tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishga qator omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Banklarda kredit bahosi darajasiga jalb qilingan mablag‘lar bahosi, kredit amaliyoti bo‘yicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski bo‘yicha ustama va bankning marjasi ta’sir ko‘rsatadi. SHuningdek, kredit bahosi kredit xizmatlarini ko‘rsatishda bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq, bank tomonidan belgilangan qo‘shimcha to‘lovlarni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur yondashuv bo‘yicha kredit bahosi hisoblanishini quyidagi formulada ifoda etamiz:

Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə