Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə125/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyoridagi vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari yig‘iladi va ular resurslarga talabi bo‘lgan sub’ektlar foydasiga taqsimlanadi. Bunda moliyaviy vositachilar past foiz stavkada jalb qilingan mablag‘larni yuqori foiz stavkada daromad keltiruvchi aktiv operatsiyalarga joylashtiradi. Tijorat banklari jalb qilingan resurslarga o‘z marjasini qo‘shgan holda resurslar bahosini belgilaydi. Bundan tashqari, davlat byudjet mablag‘lari va tashkil etilgan jamg‘armalar hisobidan kredit resurslari ma’lum tarmoq yoki sohalarga taqsimlanib, ular faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kredit bahosining rag‘batlantirish funksiyasi. Kredit bahosining rag‘batlantirish funksiyasi kreditor yoki qarz oluvchi nuqtai nazaridan ikki xil izohlanishi mumkin. Bunda ikkala tomonni rag‘batlantirish quyidagicha tushuntiriladi:
– bo‘sh turgan mablag‘ egasi o‘z mablag‘ini daromad olishga yo‘naltiradi, ya’ni vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini bankka yoki boshqa bir sohaga yo‘naltirish orqali foyda olishga rag‘bat beradi;
– qarz oluvchi olinadigan kreditni foyda olish maqsadida ma’lum muddatga olib, uni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va yuqori daromad olishga harakat qiladi. Ushbu funksiya asosida ishlab chiqarishni va ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish maqsadida maxsus davlat dasturlari asosida imtiyozli foiz stavkalarini qo‘llash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Kredit bahosining keyingi funksiyalaridan biri bu tartibga solish funksiyasidir. Kredit bahosining ushbu funksiyasi orqali butun iqtisodiy munosabatlar tartibga solinadi. Kredit bahosining bozor tamoyillari asosida shakllanishiga qaramasdan qator omillar (valyutani tartibga solish xususiyatlari, davlatning ayrim tarmoqlaridagi ulushining yuqori saqlanishi) kredit foiz stavkasining tartibga solish funksiyasini amal qilishiga to‘siq bo‘ladi. Kredit bahosining tartibga solish funksiyasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘z va qarz mablag‘laridan samarali foydalanishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan talabning o‘sishi bank depozitlari salmog‘ining o‘sishiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu esa, o‘z navbatida, banklar tomonidan depozitlarga bo‘lgan talab va taklif muvozanatga kelguncha davom etadi. Aksincha iqtisodiyotda kreditga bo‘lgan talabning pasayishi oqibatida banklarning kredit qo‘yilmalari hajmi qisqaradi va natijada kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar hajmi kamayadi. Kredit foiz stavkasi ahamiyatining oshishi uning tartibga solish funksiyasi yuzaga chiqishi natijasi bilan izohlanadi. Kredit foiz stavkasining o‘zgarishi butun iqtisodiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar kredit foiz stavkasi talab va taklif asosida shakllanadigan bo‘lsa, iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslari va moliya bozorlaridagi muvozanat to‘laligacha ta’minlanadi.

Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə