Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə127/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

1. «Qiymat plyus» modeli. Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishining oddiy modeli «Qiymat plyus» bo‘lib, bunda bank tomonidan jalb qilinadigan mablag‘lar va kredit amaliyoti bo‘yicha bankning operatsion xarajatlari hisobga olingan holda kredit bahosi shakllantiriladi. Mazkur model bo‘yicha kredit bahosining shakllanishida quyidagi komponentlar hisobga olinadi va ularning yig‘indisi sifatida umumiy qiymat aniqlanadi:
– bank uchun qarz oluvchini kreditlash maqsadida jalb qilingan mablag‘lar qiymati;
– bank operatsion xarajatlari, shu jumladan kredit boshqarmasi xodimlarining oylik ish haqlari, kreditni rasmiylashtirish, hisobvaraq ochish, kredit monitoringi va kreditni so‘ndirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar;
– bajarilmasligi mumkin bo‘lgan majburiyatlar riski darajasiga to‘lov (bankning risk ustamasi);
– kredit bo‘yicha bank marjasi yoki bankning oladigan minimal daromadi.
Buni quyidagi formula orqali ifodalanadi:



Kredit bahosi

=

Kreditlash uchun jalb qilingan mablag‘lar qiymati

+

Bankning operatsion xarajatlari

+

Bankning risk ustamasi

+

Bankning foiz marjasi

Ko‘rsatilgan komponentlardan har biri kredit summasiga nisbatan yillik foiz shaklida aks ettirilishi mumkin. «Qiymat plyus» modeli oddiyligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Lekin «Qiymat plyus» modelining kamchiliklari sifatida bank o‘z xarajatlarini aniqlash jarayonining texnik jihatdan murakkabligi va boshqa kreditorlar tomonidan taklif qilinadigan foiz stavkalar, ya’ni raqobat omilining hisobga olinmasligi hisoblanadi. Tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasiga yuqorida keltirib o‘tilgan komponentlarning mos foizlarini qo‘shish orqali keltirib chiqariladi. Masalan, bank o‘z mijozidan 10 mln. so‘mlik kredit buyurtmasini oldi va bazaviy stavka 12 foizni tashkil qildi. Kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish bo‘yicha operatsion xarajatlar tahlil natijasida kredit summasining 2 foizini tashkil qilishi aniqlandi. Kredit boshqarmasi kredit riski bo‘yicha 2-6 % miqdorida ustama o‘rnatilishini belgilib qo‘ygan. Bank esa o‘z foiz marjasini 2 % qilib o‘rnatdi. Shundan kelib chiqib, tijorat banki kreditining bahosi 18 foizni, ya’ni (12%+2%+2%+2%) ni tashkil qilishini ko‘rish mumkin.



Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə