Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


«Baho etakchiligi» modeli



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə128/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

2. «Baho etakchiligi» modeli. «Qiymat plyus» modelida keltirilgan kamchiliklar kredit bahosini shakllanishining boshqa bir modelini, ya’ni «Baho etakchiligi» (baho liderligi) modelining paydo bo‘lishiga olib keldi. 1930 yillardagi buyuk depressiya davrida AQSH ning eng yirik banklari «Praym-rayt» (gohida u bazaviy yoki ma’lumot stavkasi deb ataladi) nomi bilan mashhur bo‘lgan kreditlar bo‘yicha unifikatsiyalashgan foiz stavkasini hamda qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha kreditga layoqatliligi yuqori ishonchli mijozlarga taklif qilinadigan eng past stavkani o‘rnatish tartibini joriy etdilar.
Hozirgi vaqtda AQSH da «praym-rayt» stavkasi tijorat banklari amaliyotida etakchi stavka bo‘lib, kredit bo‘yicha o‘z stavkalarini doimiy ravishda e’lon qilib boradigan yirik banklarning, ya’ni «pul markazlari» tomonidan e’lon qilinadigan stavkasi hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida ushbu stavka barqaror bo‘lgan, ammo qimmatli qog‘ozlar bozori va inflyasiyaning shiddatli rivojlanishi sharoitida «praym-rayt» suzib yuruvchi stavkasi qo‘llanila boshlandi. Har qanday qarz oluvchiga beriladigan kredit bo‘yicha haqiqatdagi foiz stavka quyidagi formula asosida aniqlanadi:
;
Bunda:
Ks – kredit foiz stavkasi;
Bs – bazaviy yoki praym-reyt stavkasi (bank marjasini hisobga olingan holdagi);
U – ustama, birinchi sinfga kirmaydigan mijozlarga majburiyatlarni bajara olmasligi uchun qo‘yiladigan ustama;
Rm – risk mukofoti.




= + +

«Praym-rayt» stavkasi pul bozorining muhim stavkalari o‘zgarishi natijasiga asoslanadi. Yetakchi banklar tomonidan «praym-rayt» suzib yuruvchi stavkani hisoblashning ikki xil usul bilan amalga oshiriladi:


1. «praym plyus» usuli;
2. «praym ko‘paytirish» usuli.
1970 yillardan boshlab, xo‘jalik sub’ektlarga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha asos sifatida ishlatiladigan foiz stavkalar «praym- rayt» bilan bir qatorda tijorat banklari LIBOR (London banklararo taklif stavkasi) stavkasini keng doirada foydalana boshladilar. Bu bank tizimining globallashuvi bilan hamda etakchi banklar tomonidan evrodollarni kredit resurs sifatida tobora ko‘p ishlatilishi bilan bog‘liq.
Kredit bo‘yicha «praym-rayt» asosida foiz stavkalarning takomillashgan modeli 1980 yillarda paydo bo‘ldi. «Praym-rayt» modelining paydo bo‘lishi kuchli raqobat sharoitida yirik banklarning bozorni egallash va mijoz bazasini kengaytirishga qaratilgan faoliyati bilan izohlanadi. Bank kreditlariga talab ortib borgan sari, foiz stavkani kerakli darajada ushlab turish va boshqa banklar bilan raqobatlasha olish muammosi paydo bo‘la boshlaydi. Misol uchun AQSH da ko‘pchilik banklar ba’zi yirik va o‘rta korporatsiyalarga «praym-reyt»dan past pul bozori stavkasi bo‘yicha bir necha kun va hafta muddatga operatsion xarajatlar, riskni qoplash va daromad olish uchun unchalik katta bo‘lmagan marja (0,25 foizdan 0,75 foizgacha) qo‘shib boriladigan foizlarda kredit berishni amalda qo‘llay boshladi. Ushbu stavka quyidagi formula asosida aniqlanadi:


Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə