Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


Kredit foiz stavkasi («praym-reyt» dan past)



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə129/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

Kredit foiz stavkasi («praym-reyt» dan past)

=

Pul bozorida mablag‘ jalb qilish bo‘yicha xarajatlar

+

Riskni qoplash va daromad olish uchun ustama

«Praym-reyt» stavkasidan farqli ravishda past stavkalar amaliyotda keng qo‘llanila boshlandi. Bu foiz stavkalar bankning mablag‘larni jalb qilish borasidagi stavkalariga tenglashib qolgan edi. Ushbu stavkalarning joriy qilinishi «praym-reyt» stavkasining bazaviy stavkasi funksiyasini yo‘qolishiga olib keldi.
3. «Qiymat–foyda» modeli asosida kredit stavkasini o‘rnatish. AQSHda bank amaliyotida tijorat banklarining barcha xarajatlarini va kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan risklarni qoplay oladigan hamda bank uchun etarli daromadni ta’minlaydigan kredit bahosi shakllanishining murakkab modellari ishlab chiqilib amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Shunday modellardan biri «Qiymat–foyda» modeli hisoblanadi. Bu modelga muvofiq, bank zarur moliyaviy resurslarni jalb qilishi, kreditlash amaliyoti xarajatlarini qoplashi va natijada etarli foydaga erishishi ko‘zda tutiladi.
«Qiymat–foyda» modeli bo‘yicha kredit foizini belgilash alohida amaliy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilib ko‘rsatilgan
Tijorat banklarida mijozlarni toifalarga ajratish va unga mos ravishda kredit bahosini shakllantirish bir qator afzalliklarga ega:
- birinchidan, tijorat banklari yirik mijozlarini kreditlash kichik kredit kreditlarga nisbatan kam xarajatli bo‘lib, yuqori daromad keltirishni ta’minlaydi;
- ikkinchidan, bankning kichik mijozlari kreditlash amaliyoti xarajatlari oshib, kredit bahosining yuqori shakllanishiga olib keladi.
Shunday ekan, bank mijozlarini pul tushumlariga asosan toifalarga ajratish va ularga mos ravishda kredit bahosini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish, kredit ta’minoti sifatini baholash, kreditning maqsadi va boshqa omillar tahlili natijasida kredit riski darajasi baholanadi. Foiz stavkalarini belgilash jarayonida muammolar paydo bo‘lsa, u holda har bir mijoz uchun alohida stavka belgilanishi xususida qaror qilinishi zarur.
Ayrim mamlakatlarning (Singapur, Malayziya) bank amaliyotida ba’zi toifadagi mijozlarga nisbatan past foiz stavkada kreditlar taqdim etiladi. Buning sababi, mijoz olgan kreditidan keladigan daromadidan tashqari boshqa operatsiyalarini bajarish orqali bankka ko‘proq foyda keltiradi. Natijada bank mijoziga kredit berishdan olinadigan daromad pasayishi kuzatiladi, lekin aslida bankning mijoz bilan bo‘ladigan boshqa munosabatlaridan oladigan daromadlari uning o‘rnini qoplaydi.
Jismoniy shaxslarni kreditlash va ularga taklif etilayotgan foiz stavkalarini o‘rganishda Rossiya tajribasiga murojaat qilishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. CHunki Rossiya tijorat banklari amaliyotida kredit xizmatlari qo‘shimcha to‘lovlarning joriy qilinishi mijozlarning kreditni qaytarish imkoniyatlarini pasaytirdi va natijada bank kreditlarining qaytmasligiga olib keldi. SHu o‘rinda Rossiya bank amaliyotida mavjud ko‘rsatkichni keltirib o‘tamiz. Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari G.Melikyanning ta’kidlashicha, ayrim tijorat banklari kredit portfelida mavjud muammoli kreditlarning 30 foizi aynan bank kreditlari bo‘yicha bahoning noto‘g‘ri va yuqori shakllantirilganligi hisobiga yuzaga kelgan135.
Rossiya bank amaliyotida qarz oluvchi mijozlarga kredit bahosini aniq ifodalovchi kredit foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlash bo‘yicha majburiy tartib ishlab chiqilgan. Unga muvofiq tijorat banklari jismoniy shaxslarga beradigan kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarni ijobiy darajasini ta’minlashi va u to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qarzdorga taqdim etishi talab etiladi. Rossiya Markaziy bankining «Jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha samarali foiz stavkalarni ta’minlash tartibi to‘g‘risida» gi (29.12.2006 yilda qabul qilingan) tartibiga muvofiq, barcha tijorat banklari kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlagan holda, o‘z mijozlariga taqdim qila boshladi.


Kreditlarning muammolilik alomatlari bankka moliyaviy yoki nomoliyaviy tomondan ta’sir qilishidan qat’iy nazar, kredit bo‘limi xodimlari bunga hamisha tayyor bo‘lishlari kerak. Muammoli kreditlarni oldindan aniqlash va ma’lumotlar yig‘ish ushbu mijoz uchun biror bir strategiya ishlab chiqish uchun vaqtni tejaydi. Bunday holatlarda qandaydir aniq chora-tadbir mavjud emas, buning hammasi kreditning qandayligiga bog‘liq. Samarali korxona o‘z muammolarini o‘zi echib oladi. Samarasiz yoki bozorda o‘z mavkeini yo‘qotayotgan mijozlar uchun bu borada birmuncha qiyinroq muammolar paydo bo‘ladi. O‘z bozorida raqobatbardoshlikni yo‘qotgan mijozlar bundan ham qiyinroq ahvolga tushadi. Bunday holatlarda bank tomonidan qilingan biror-bir strategiya yoki chora-tadbirlar qarzdor mijoz uchun ham, bank uchun ham salbiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kreditning sifati yomonlashayotgan bo‘lsa, kredit xodimi quyidagi choralarni qo‘llashi lozim:



  • Qarzdorning muammolarini tahlil qilish;

  • Bo‘lim xodimlari, muammoli kreditlar bilan ishlovchilar yoki rahbariyat bilan maslaxatlashishi;

  • Kreditni iloji boricha pastroq tasniflab, uning undirilmagan foizlarini bank daromadida aks ettirishni to‘xtatish;

  • Bank ushbu kreditdan boshqa yana qaysi joyda mazkur mijoz bilan bog‘liq riskka uchrashi to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘plash;

  • Barcha kredit hujjatlarini, kafolatlarni, ta’minotni, ipotekani qaytadan ko‘rib chiqish;

  • Ta’minot olish imkoniyatlarini o‘rganish;

  • CHora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Kredit tahlili va aktivlar tasnifi natijalari qarz oluvchining moliyaviy ahvoli, kreditlarni to‘lash tarixi va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan garovning mavjudligi kabi omillarga bog‘liq. Ushbu omillarni kredit portfeli va tijorat bankining boshqa aktivlariga xos bo‘lgan tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qo‘llash juda muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qaroriga asosan, moliya-bank faoliyatining normativ-xukukiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish, shuningdek kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida oldini olish choralarini ko‘rish yo‘li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash respublikaning moliya-bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirishni asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank sektori aktivlari va kredit qo‘yilmalari tendensiyasiga ega bo‘lmoqda.
Tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlari ulushining inflyasiya darajasi past sharoitda ijobiy hisoblanadi. Aks holda bank aktivlarining qadrsizlishi yuz berib, kreditlarning boshlang‘ich qiymatini qoplamaslik holati yuzaga keladi. Bu esa, tijorat banklari tomonidan mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalari va davlat investitsion loyihalarini moliyalashtirishda faol ishtirok etayotganligi bilan izohlanadi.
1. Qisqa muddatli kreditlarning aylanish tezligi yuqori bo‘lib, ular tijorat banklariga barqaror tarzda va yirik miqdorda daromad olish imkonini beradi;
2. Tijorat banklari passivlarining tarkibida qisqa muddatli passivlar yetakchi salmoqni egallaydi. Tijorat banklari qisqa muddatli kreditlar berishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Respublikamiz tijorat banklari kredit portfelida uzoq muddatli kreditlar ulushining oshishi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlarini muddati bo‘yicha taniflanishi o‘zgartirildi va o‘rta muddatli kreditlar bank amaliyotidan chiqarildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004 yil 17 iyuldagi 578-sonli «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi» nomli yo‘riqnomasiga muvofiq o‘rta muddatli kreditlar toifasi bekor qilindi va bank amaliyotidan chiqarildi.
Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda bank kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha diversifikatsiya darajasini tahlil etish lozim. CHunki, bank kreditlarining riski past tarmoqlarga yo‘naltirilishi, bir tarmoqqa ajratilgan kreditlar hajmini muvofiqlashtirish, kreditlash limitlarini belgilash orqali bank kredit riski darajasi boshqariladi.
Kredit portfelini to‘g‘ri tashkil qilish bankning samarali faoliyatini amalga oshirishning, uning kredit siyosatini olib borishini asosi xisoblanadi. Tijorat banklarining kredit portfelini ularning sifat darajasi, risk darajasi bo‘yicha, tarmoqlar bo‘yicha, kreditning manbalari, ta’minlanganligi, muddatlari va boshqalar bo‘yicha taxlil qilish mumkin. Kredit portfelini diversifikatsiya qilish usuli ushbu xususiyatlarni o‘zida ifodalaydi:

  1. Kreditni ko‘p sonli, turli tarmoqqa talluqli mijozlar o‘rtasida taqsimlash.

  2. Kreditni kam miqdorda berish va bir mijozdan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni boshqa mijozlardan keladigan foyda orqali qoplash.

  3. Kreditning umumiy xajmini saqlab turgan holda qisqa muddatlarga kredit berish.

  4. Kreditlarning ta’minlanganligi bo‘yicha diversifikatsiya o‘tkazish.

Kredit portfelini diversifikatsiyalash qarzni to‘lamaslik riskini eng oddiy va oson usul bilan xedjirlashga yordam beradi va bankning ssuda va depozitlari keng mijozlar ko‘lamiga bo‘lib chiqishni anglatadi. Kreditlarni diversifikatsiya qilishda kreditlarni kam miqdorda ko‘proq mijozlarga berishga alohida e’tibor qilish lozim.
Dunyo mamlakatlarida ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida bank tizimini qutqarish, pul-kredit siyosati chora-tadbirlari, iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash va aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlari majmui o‘z ifodasini topgan.
AQSHda qabul qilingan Polson rejasi AQSH FZT dan banklarga 700 mlrd. AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratilishini ko‘zda tutadi136. Ushbu rejaga asosan, banklar balansida mavjud muammoli aktivlarni sotib olish bo‘yicha agentlik tuzish, tijorat banklarida mavjud muddati o‘tgan ipoteka kreditlarini sotib olish orqali muammoli aktivlar miqdori kamaytiriladi. Natijada banklarning kreditlash salohiyati oshadi va iqtisodiy o‘sish sur’atlariga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shu orqali tijorat banklarining balans ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning ta’sirini kamaytirish maqsadida 2007 – 2008 yillarda Rossiya Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga 1500 mlrd. rubl miqdorida markazlashgan kreditlar berish rejalashtirildi. SHundan 950 mlrd. rubli 2020 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 8 % to‘lash sharti bilan tijorat banklariga berilgan subordinar kreditlarga to‘g‘ri keldi137.
Markaziy bank qayta moliyalash siyosatidan samarali foydalanishi lozim. CHunki, tijorat banklarini qayta moliyalash orqali ularning qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabi qondiriladi va bank kreditlari foiz stavkalarining barqarorligi ta’minlanadi. Natijada, tijorat banklarining iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash imkoniyatlari kengayadi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy oqibatlari ta’sirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash kreditlari hajmini va qayta moliyalash stavkasining moslashuvchanlik darajasini oshirish yo‘li bilan milliy ssuda kapitallari bozorida foiz stavkalarning barqarorligini ta’minlashi lozim.
O‘zbekistonda moliyaviy inqiroz sharoitida tijorat banklarini kapitallashuv darajasi bosqichma-bosqich oshirilib, ularni ustav kapitaliga davlat ulushi kiritildi va iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirishning barqaror manbalari shakllantirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini imtiyozli kreditlashni keng qo‘llanilishi, ularning moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya