Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə89/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

Xitoy pul tizimi.

Yuan-Xitoy Xalq Respublikasining pul birligi. 1 yuan 10 szyao va 100 finyamga teng. Uning Xalqaro ifodasi OGU Yu. 1835 yildan kumush tangalar ko’rinishida zarb qilina boshlagan. 1933 yilning mart oyiga qadar Xitoyda lyan(XIV-XIX asrlarda muomalada bo’lgan kumush valyuta) pul birligi sifatida ishlatilgan. Bojxona bojlari va soliqlari yuanda hisob-kitob qilingan. Xitoy Xalq banki tashkil topganidan keyin pul islohoti o’tkazildi. 1955 yilga kelib eski pullar yangi pullarga 10000:1 nisbatda almashtirildi68.


Yuan so’zi “dumaloq tanga” degan ma’noni anglatadi. Sin sulolasi birinchi bo’lib shu shakldagi dumaloq tangalarni (960-1279) zarb etishgan va bu tangalar bronzadan yasalgan. So’ng esa Min sulolasi (1368-1644) qog’oz pullarni birinchi bo’lib muomalaga chiqarishgan va bu tanga va qog’oz pullarda asosan imperatorlarning suratlari aks etgan.
Xitoy tarixida qog’oz pullar 7 marta emissiya qilingan:
1935-yildagi pul islohotida 1 dollar= 3.36 yuan;
1946-yildagi pul islohotida 1 dollar=3350 yuan;
1948-yildagi pul islohoti 0.222179lik toza oltindan iborat bo’lgan. 3 mln fabi=1 oltin yuan. 1 kumush yuan=500mln oltin yuanga.
1974- yilda boshqa valyutalar bilan pul ayirboshlash jarayonini Gongkong dollari orqali amalga oshirgan. Banknotalar:
1948- yili 1-dekabrda Xalq banki 1- banknotani chiqardi va ular 100,1000 yuanlik.
1949-yilda muomalaga chiqarilgan 200, 500, 5000 va 10000 yuanlik banknotalarning 62 ta variantlari mavjud bo’lgan.
Keyingi banknotalar 1955-yilda Xitoy iqtisodiyotining ochilish munosabati bilan muomalaga chiqarilgan va ular Jenbeli deb atalgan va bu banknotalar faqat mamlakat miqyosida amal qilgan.
3-nusxasi 1962-yilda 4-nusxasi 1987-1997 yillar oralig’ida 5- nusxasi 1999- yilda muomalaga chiqarildi. So’nggi banknota 2005-yilda chiqarilgan va unda 5,10,50,100 kupyuralar muomalaga chiqarildi69.
. 1949 yildan keyin o’zining uzoq tarixli davlat ixtisoslashtirilgan chet el almashuv va savdo banki Xitoy chet el almashuv operatsiyalarini va chet el savdo aloqalarini rivojlantirish hamda iqtisodiy infratuzilmani ta’minlashni boshqarishga mas’ul bo’ldi. 1994 yilda bank to’liq davlat tijorat bankiga aylandi. 2004 yilning avgust oyida Bank of China Limited birlashtirildi. Bank the Hong Kong Stock Exchange va the Shanghai Stock Exchangelarni 2006 yilning iyun va iyul oylarida ro’yxatga kiritdi va dastlabki A-Share70 va H-Share71ni yuritadigan birinchi Xitoy tijorat bankiga aylandi. 2014 yilda bank yana Global Systematically Important Bank sifatida loyihasi tuzildi. Keyingi to’rt yil ichida Global Systematically Important Bank sifatida yakka moliyaviy institut sifatida ishlashi tuzib chiqiladi72.
Xitoy banki tomonidan e’lon qilingan 2014 yil yakunlari bo’yicha quyidagi rasmlarga e’tibor bersak.




Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə