Kalit so’zlar


Dual ta’limni tashkil etish jarayonida tashkilotning vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə19/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Dual ta’limni tashkil etish jarayonida tashkilotning vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari
Tashkilot vazifalari:
professional ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda dual ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini belgilaydi;
professional ta’lim muassasasi bilan birgalikda o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin dual ta’lim bo‘yicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
dual ta’limda o‘qitish muddatlarini hamda tashkilotga yuborilayotgan o‘quvchilar tarkibini professional ta’lim muassasasi bilan kelishadi;
o‘quvchilar bilan shartnomalar tuzadi va professional ta’lim muassasasi bilan kelishilgan muddatlarda o‘quvchilarni qabul qiladi;
har bir o‘quvchiga dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini o‘rgatish uchun yuqori malakali mutaxassis ustozni biriktiradi;
biriktirilgan ustoz tomonidan dual ta’lim dasturi, lavozim yo‘riqnomalari va majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
o‘quvchini o‘zlashtirgan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha natijalarini baholash jarayonini tashkil etadi;
o‘quvchining kasb yoki mutaxassisliklari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasida qatnashadi.
Tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
mashg‘ulotlarning nazariy qismi o‘qitilishi yuzasidan professional ta’lim muassasasiga murojaat qilish;
dual ta’lim sifatini oshirish yuzasidan professional ta’lim muassasasiga takliflar berish;
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ularning loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish;
bir nechta professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish.
Tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Tashkilot quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
mashg‘ulotlarning nazariy, o‘quv va amaliy qismini professional ta’lim muassasasida olib borish uchun sharoit yaratish;
o‘quvchilarni mehnat qonunchiligi asosida ishga qabul qilish;
o‘quvchilarni tashkilotda ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismi davrida aniq ish joyi va zarur jihozlar bilan ta’minlash;
o‘quvchilarni tashkilot ustavi, ichki tartib-qoidalari, tibbiy (sanitariya), yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda boshqa talablar bilan tanishtirish;
o‘quvchilarga o‘z ustaviga muvofiq amaliy jarayonlarda qatnashishga ruxsat berish;
o‘quvchilar kundaligi yuritilishini ta’minlash;
professional ta’lim muassasasi bilan birgalikda dual ta’lim amalga oshirganligi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
Tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə