Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari


Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə84/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org

Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda:
• istisnosiz barcha bolalarning ta’lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga;
• amaliyotga bola yo‘naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy etishga;
•oila va jamoa bilan hamkorlik;
•ta’lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan holda milliy qadriyat va ustivorlikni qamrab olish;
•qulay, do’stona va havfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan.
Majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi ta’lim jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslangan:
•bolaga yo’naltirilgan ta’lim yondashuvi;
•inklyuziv ta’lim haqida mushohada yuritish;
•bolaning xolestik (yaxlit) xususiyatlarini ta’minlaydigan muhit tashkil etish;
• maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning yetakchi turi – o‘yin asosida
ta’lim berish;
•bola–ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi;
•rejalashtirish va baholash samaradorligi;
•bolani tarbiyalash va ta’lim berish jarayoniga ota-onalarni faol jalb qilish;
•interfaol ta’lim;
•integrativ ta’lim.
Dasturda ko‘zda tutilgan vazifalar nafaqat rivojlanish markazlardagi faoliyat paytida, balki mustaqil, o‘yin jarayonida hamda pedagoglarning ota-onalar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida ham to‘liq bajarilishi lozim.
Ilm yo’li” variativ dasturida o’quv-tarbiyaviy faoliyatning ifodalanishi

O’quv-tarbiyaviy faoliyati “O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari” asosida amalga oshiriladi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv va tarbiyaviy faoliyatni o’quv yillari bo’yicha tashkil etadi.
O’quv yili har yilning 2 sentabridan boshlanib, 31 maygacha davom etadi.
To’liq va to’liqsiz tayyorlov guruhlari o’quv-tarbiyaviy jarayonni haftasiga 15 soatdan kam bo’lmagan hajmda tashkil etiladi.
6-7 yoshli bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash bo’yicha guruhlar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida, maktablarda, mahalliy hududlar (mahallalar)da, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar bazasida, shu jumladan, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham tashkil etishi mumkin.
Mazkur guruhlarda bolalarning ro’yxati maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududga biriktirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari hovlima-hovli, xonadonma-xonadon yurib, ko’rib chiqishlari orqali shakllantiriladi.
Boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o’tgan bolalarga davlat namunasidagi boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o’tganligi haqidagi sertifikat beriladi.
Rejalashtirish- zarur shart-sharoitlarni, foydalaniladigan vositalar, shakllar va metodlarni ko’rsatish bilan o’quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ketma-ketligini, tartibini oldindan belgilashdir. Rejalashtirish qanchalik savodli, o’ylab amalga oshirilgan bo’lishi butun o’quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga bog’liq bo’ladi.
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojlanishidagi noaniqlik ulushining sezilarli darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi va ertangi kunlardagi harakatlarining izchilligini ta’minlashga ham imkon beradi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning hamkorligiga, ular tomonidan hamkorlikdagi o’z vazifalari va maqsadlarining anglab yetilishiga, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi hayotni qiziqarli, foydali, ijodiy jarayonga aylantirish istagiga asoslanadi.
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligini, uning tajribasini, o’z faoliyati natijalarini ko’ra olish mahoratini, ularning tahlil qilinishini, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ish sharoitlarini hisobga olish lozim bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga tayanib, unda kundalik harakatlar, bolalar o’yinlari, bo’sh vaqt va pedagog rejalashtirgan ta’lim-tarbiya ishlarining turlari navbati bilan ko’rsatiladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyati ta’limiy va ijtimoiy ehtiyojlarni (sog’liq, ovqatlanish va havfsizlik) qondirish maqsadlarida bolaning yoshga doir va individual rivojlanishiga asoslanadigan o’quv rejasiga muvofiq olib boriladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyati bolaning kundalik hayotidan va uni o’rab turgan muhitdan kelib chiqadigan yaxlit butun mavzularga birlashtiriladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish o’qitish shart-sharoitlariga bog’liq holda integratsiyalash, turli-tumanlik va moslashuvchanlik asosida amalga oshiriladi. Buning natijasida pedagog ishlarning rejasini mustaqil ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə