8
I BOB. TERAPEVTIK BEMORLARNI PARVARISH
QILISH
DAVOLASH MUASSASALARINING ISHINI TASHKIL
ETISH.
BEMORLAR UMUMIY PARVARISHINING MOHIYATI
Sog’liqni saqlash – tibbiy yordamni tashkil qilish, har bir inson
va umuman aholi salomatligini saqlash
va yaxshilash maqsadida
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, davlat ijimoiy
tadbirlarining birlashmasi.
Sog’liqni saqlash chora-tadbirlari - profilaktika tamoyillariga,
tibbiyotning umumiy yordami, majburiy tibbiy sug’urta,
tibbiyot
ilmining sog’liqni saqlash amaliyoti bilan uzluksiz aloqasi,
aholisalomatligiga davlat va jamoatchilikning faol ishtirokiga
asoslangan.
Sog’liqni saqlashning uchta asosiy komponеnti mavjud:
1. Davolash - profilaktik yordam.
2.
Rеspublikaning
sanitariya-еpidеmiologiya
nazoratini
ta'minlash: yuqumli kasalliklar epidеmiyasining oldini olish, ichimlik
suvi sifatining, oziq-ovqat maxsulotlari,
atmosfеra havosi va
boshqalarning sanitariya nazorati.
3.Aholi salomatligini mustahkamlash: sog’lom turmush tarzini
shakllantirish,ish va yashash sharoitlarini sog’lomlashtirish.
Mahalliy sog’liqni saqlash amaliyotining asosiy komponеntlari
va tamoyillari.
Mahalliy sog’liqni saqlash amaliyotining asosiy tamoyillari
inson huquqlari va fuqorolar sog’liqiga bo’lgan hurmatdir.
Birinchi tamoyil, birinchi navbatda, sog’liqni saqlashning
profilaktik yo’nalishi. Bu profilaktika kasalliklarning oldini olish va
odamlarning xayotini uzaytirishga
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy,
ijtimoiy-gigiеnik va o’ziga xos tibbiy choralar tizimini anglatadi.
Profilaktika quyidagi sohalarda amalga oshiriladi:
• kasalliklarning oldini olish;
9
• kasallikning sabablarini bartaraf etish;
• sanitariya-gigiеna nazorati (gigiеna qoidalariga rioya qilish,
sanitariya sharoitlariga rioya qilish)
• sog’liqni saqlash tamoyili, sog’lom turmush tarzini singdirish;
• aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
• tibbiyot muassasalari ishida uchastka tamoyilining saqlanib
qolinishi;
• umumiy amaliyot shifokorlarining profilaktik faoliyat
xizmatini amalga oshirish;
Profilaktika uch xil bo’lishi mumkin: birlamchi,
ikkilamchi va
uchlamchi.
Birlamchi profilaktika - bu inson salomatlik holatining va
kasallikning yomonlashuvini oldini olish, shuningdеk kasallilarning
erta va yashirin shakllarini aniqlashga qaratilgan tibbiy va tibbiy
bo’lmagan choralar majmui.
Ikkilamchi profilaktika - yuzaga
kelgan kasalliklarning avj
olishini oldini olishga qaratilgan tibbiy choralar to’plamidir.
Uchlamchi profilaktika kasalliklarning rivojlanishi va ularning
asoratlari kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan.
Ikkinchi tamoyil - sog’liqni saqlashsohasida inson va fuqorolar
huquqlarini himoya qilish. Bir nеcha yo’nalishda amalga oshiriladi:
• tibbiy va ijtimoiy yordam olishda fuqorolarning huquqlari;
• tibbiy va farmatsеvtika xodimlarining majburiyatlari va
huquqlari;
• salomatlikka zarar etkazish uchun javobgarlik;
• tibbiy yordam olish;
Tibbiy xizmat turlari:
Tibbiy kasbning malakaviy tavsiflariga muvofiq,
barcha tibbiy
yordam turlari, ushbu yordam ko’rsatilgan joyiga va sharoitiga qarab,
tashkilotning
xususiyatlariga
va
mutaxassisning
malakasiga
qarabquyidagi turlarga bo’linadi:
1. Birinchi tibbiy yordam: o’z-o’ziga yordami, o’zaro yordam,
sanitariya xodimi yordami, maxsus o’qitilgan bir qator "ijtimoiy"
10
kasblar (paramеdiklar) vakillari–militsiya noziri, yong’in xavfsizligi
xodimi, parvoz xodimi va boshqalar yordami.
2. Shifokorgacha bo’lgan (fеldshеr) yordam: bu o’rta tibbiyot
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Birinchi shifokor yordami - eng oddiy tibbiy davolash va
profilaktika va sanitariya-gigiеna chora-tadbirlari.
4. Malakali tibbiy yordam – tеrapеvtik
yoki xirurgik davolash
muassasalarida tеrapеvt, jarrox, pеdiatr va boshqalar tomonidan
amalga oshiriladi murakkab tibbiy muolajalar.
5. Ihtisoslashtirilgan tibbiy yordam - "tor" mutaxassislar
(kardiolog, aritmolog, pulmonolog, endokrinolog va boshqalar)
yordami uchun maxsus ajratilgan tibbiy muassasalar xizmati.
Dostları ilə paylaş: