498
bolani issiq kiyintirib xonani shomollatib turish zarur.
Yozda esa
derazalarni doimo ochiq holda, iloji boricha setka bilan qo’yish
lozim. Ko’rpa va choyshablarni toza tutish, qoqib turish lozim, ularda
yig’ilmalar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim, kamida haftasiga
bir marta almashtirib turish zarur. Agar bolada siydik tuta olmaslik
alomati bo’lsa to’shak usti kleyonka bilan qoplangan bo’lishi, ustidan
choyshab to’shalishi lozim,Bolani har kuni cho’miltirish, har
ovqatdan oldin qo’lini yuvish, ko’p terlasa terini toza, quruq sochiq
bilan artib turish va kiyimlarini tez-tez almashtirib turish lozim. Tana
harorati ko’tarilib turadigan bolalarda doimo quruq lablar bo’ladi.
Shu sababli kuniga bir necha bor lablarni tuzsiz sariyog’ yoki vazelin
bilan namlab turish kerak bo’ladi. Har ichi kelganda albatta bolani
oraliq sohasini yuvish kerak.
Bemor bolalar ko’pincha injiq va ta’sirchan bo’ladi. Gigienik va
davo muolajalari, ovqatlantirishlar ko’pincha
bola tomonidan
qarshilik bilan kutib olinadi. Shu sababli ham vrach bolaga kamroq
psixik va jismoniy jarohat yetkazmasdan muolajalarni bajarishi,
sabrli bo’lishi lozim. Bemor bolalarga operatsiya kerakligi to’g’ri
tushuntirilishi, operatsiya natijasi yaxshi chiqishiga ishontirish lozim.
Misol tariqasida shunga o’hshash operatsiyadan yaxshi bo’lib
tuzalgan bemorlarni keltirib o’tish kerak.
Yuqoridagi holatlarni tushuntirishda hamshira ham vrach bergan
ko’rsatmalarga mos holatda tushuntirish o’tkazishi lozim. Moboda
vrach va hamshira tushuntirishlarida qarama-qarshilikni bemor sezsa,
unda tibbiyot xodimiga nisbatan ishonchsizlik kuzatiladi. Kasallik
tarixini bemor qo’liga tushishidan saqlash lozim. Aks holda maxsus
tayyorgarlikka ega bo’lmagan bemor bola kasallik tarixidagi
ma’lumotlarni noto’g’ri tushunishi mumkin.
Teri
qoplamlarini ko’zdan kechirganda yiringdonlar,
yallig’lanish infil’tratlari borligiga ahamiyat qilish lozim.
Operatsiyadan oldin teridagi hamma yallig’lanish o’chog’larnini
davolash zarur, bo’lmasa operatsiyadan
keyingi davrda bu
yiringdonlar endogen infeksiya o’chog’i bo’lishi va og’ir asortalarga
olib kelishi mumkin, hattoki yiringli jarayonni butun organizmga
499
tarqalishigacha. Operatsiyadan bir kun oldin bemor bola vanna qabul
qilishi zarur. Operatsiya maydonidagi sochlarni operatsiya kuni
tozalanadi. Sanitar tozalash ishlari issiq dush xonasida o’tkaziladi.
Agar vanna tavsiya etilgan bo’lsa suv harorati 36-37°Cdan
oshmasligi kerak. Organizm himoya funksiyasi pasaymasligi uchun
bolani sovuq qotishdan asrash lozim.
Kuniga ikki marta bemor tana haroratini o’lchash lozim.
Haroratni o’lchash vaqti asosan ertalab uyqudan uyg’ongach va
kechqurun kunduzgi uyqudan keyin soat 16-17 larda. Mabodo tana
haroratini tez-tez o’lchash kerak bo’lsa vrach ko’rsatma beradi.
Xonada tinch holat hosil qilish lozim.
Bolada kunduzi ham, kechasi
ham tinch uyqu bo’lishi lozim. Hamma kuzatuv natijalarini hamshira
yozib borishi shart. Ushbu yozuvlar uchun bemorga alohida hamshira
varag’i ochiladi. Unda tana haroratini belgilash, ishtahasi, ichi
kelishi, siyishi, qusish va h.o.lar to’g’risida ma’lumotlar bo’ladi.
Bemor bolada operatsiya o’tkazish uchun albatta ota-onasidan
yoki vasiylaridan yozma rozilik olinishi shart. Ularga operatsiya
mohiyati, og’irlik darajasi, kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar
to’g’risida tushuntirish o’tkazish lozim. Ushbu qoidaga faqat
shoshilinch operatsiyaga muhtojlik bo’lgan va Shu paytda ota-ona
kelmagan holat bo’lsa amal qilinmaydi. Bunday paytda operatsiyaga
ko’rsatma kamida ikkita vrach konsiliumi asosida qabul qilinadi.
Bo’lim boshlig’i va bosh shifokor qabul qilingan qaror to’g’risida
ogohlantiriladilar.
Operatsiyani o’tkazish muddati kasallik xarakteriga bog’liq
bo’ladi. Operatsiya bolani turli yoshida, hattoki yangi tug’ilgan
paytida ham o’tkaziladi.
Operatsiyaga tayyorlash kasallik xarakteriga,
bemor yoshiga va
umumiy holatiga bog’liq bo’ladi. Og’ir operatsiyalardan oldin
funksional diagnostika usullaridan foydalanib to’liq tekshiruvlar
o’tkazilishi shart. Bemorni operatsiyaga tayyorlashda psixologik
faktor katta rol o’ynaydi. Bunda ota-ona, tarbiyachi va bolaning
do’stlari yordami zarur bo’ladi.
500
Ko’krak yoshidagi bolalar bir kun oldin soat 22:00
gacha
ovqatlantiriladilar. Kattaroq yoshli bolalarga yengil kechki ovqat
beriladi. Operatsiyagacha 3 soat qolganda bolaga shirin choy berish
mumkin. U 2 soatdan keyin so’riladi va qusish chaqirmaydi.
Operatsiya bo’ladigan bemorlarga surgi dori berilmaydi. Bir kun
oldin kechqurun va operatsiya kuni ertalab huqna qilinadi.
Bemorni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash.
Qisqacha
anamnez yig’iladi, umumiy ko’rik: perkussiya, auskultatsiya va
paypaslash o’tkaziladi. Umumiy qon, siydik tahlili, rentgenoskopiya
yoki rentgenografiya, maxsus ko’rsatmalar bo’yicha
boshqa
tekshiruvlar qilinadi. Qabul bo’limida bemor ahvoliga qarab chala
yoki to’liq sanitar tozalash o’tkaziladi. Shoshilinch holatlarda bemor
kiyimi yechiladi, nam gubka bilan tana artiladi, sochli qismi olinadi.
Oshqozon to’la bo’lsa zond yordamida bo’shatiladi. Huqna
qilinmaydi. Siyishda qiyinchilik bo’lsa siydik qopiga kateter
qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: