Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari



Yüklə 271,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix21.02.2022
ölçüsü271,58 Kb.
#83980
1   2   3   4   5   6
2084-Article Text-4314-1-10-20211127

 

Keywords: 

Professional 

competence, 

competence, 

theory, 

pedagogy, 

methodology. 

 

Zamonaviy  jamiyat  ta’lim  tizimi  oldiga  yuqori  malakali,  intiluvchan, 

raqobatbardosh,  tashabbuskor,  ma’naviy  va  jismoniy  soqlom  shaxslarni  tarbiyalab 

berish  talabini  qo‘ymoqda.  2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada 

rivojlantirish  bo‘yicha  harakatlar  strategiyasida  "yuksak  bilimli  va  intellektual 

rivojlangan  avlodni  tarbiyalash,  oliy  ta’lim  muassasalarida  kompetentli  ilmiy 

pedagogik  kadrlar  zaqirasini  yaratish"  vazifasi  belgilandi.  Kompetentli  pedagog  -  u 

kim?  Uning  shakllanish  jarayoni  qanday  kechadi  kabi  savollar  tug’iladi.  Shu  nuqtai 

nazardan  "kompetentlik"  va  "kompetensiya"  tushunchalar  mazmun  mohiyatini 

"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842

November 2021 / Volume 2 Issue 11

www.openscience.uz

985



aniqlashimiz  muhimdir.  Har  qanday  o‘qituvchi  ham  "kompetentlik"  nimani 

anglatishini  va  u  "kompetensiya"dan  nimasi  bilan  farq  qilishini  bilavermaydi. 

"Kompetentlik"  tushunchasi  pedagogning  ma’lumoti,  ko‘nikmasi,  qobiliyati  va 

tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish 

qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. 

Bo‘lajak  o‘qituvchining  kasbiy  kompetentligini  shakllantirish  pedagoglarni 

tayyorlashdagi  murakkab  muammolar  qatorida  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Ayniqsa 

ta’limni  modernizatsiyalash  bilan  bog‘liq  islohotlarning  joriy  bosqichida  kasbiy 

pedagogik  faoliyatga  moslashish  muammosi  yanada  yaqqol  namoyon  bo‘lmoqda. 

Bo‘lajak  o‘qituvchilarni  amaliy,  psixologik,  metodik,  tadqiqotchilik  turlari  bilan  bir 

qatorda  o‘qituvchining  kasbiy  kompetentligini  shakllantirish  bilan  boyib  bormoqda. 

Kasbiy  kompetentlik  tashhisi  kasbiy  shakllanishning  mohiyatli  xarakteristikalariga 

diagnostik,  kommunikativlik,  boshqaruv  va  proektiv  o‘quvlar  guruhlarini  kiritish 

lozim.  Pedagogning  bilish  faoliyati  ko‘p  jihatdan  o‘rganilayotgan  narsalarning 

murakkabligi,  dinamikasi,  nostandartligi,  ijtimoiy  hodisalarni  ajratib  turadigan 

chegaralarning  ta’siri,  ularni  izlash,  noaniqlik  bilan  belgilanadi,  bu  esa 

kuzatuvchanlik,  suhbatdoshning  ichki  dunyosini  modellashtirish  malakasini  nazarda 

tutadi. Mazkur holda o‘z-o‘zini tartibga solish xususiyatlari o‘z bilim va malakalarini 

doimo  takomillashtirish  zarurati,  boshqa  odamlarga  qaratilgan  o‘z  hatti-harakatini 

qathiy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi.

1

 

Pedagogning 



kasbiy 

tarbiyalanganlik 

layoqatliligini 

tadqiq 


qilishga 

bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi: 

-  maxsus  tarbiyalanganlik  layoqatliligi  –  kasbiy  faoliyatini  etarlicha  yuqori 

darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;  

-  ijtimoiy  tarbiyalanganlik  layoqatliligi  –  birgalikdagi  kasbiy  faoliyatni, 

hamkorlikni  va  shuningdek,  mazkur  kitobda  qabul  qilingan  kasbiy  muloqat 

uslublarini egallaganlik, o‘z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.  

Bo‘lajak  o‘qituvchining  kasbiy  kompetentligi,  irodaviy  sifatlar,  intellektual 

salohiyat,  hissiy  sifatlar,  amaliy  ko‘nikmalar,  o‘z-o‘zini  boshqara  olish 

layoqatlarining  o‘zaro  bog‘liqligi  va  shaxsning  ijtimoiy-madaniy  faollik  darajasini 

aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi. 

Yevropa 


davlatlarida 

shakllangan 

an’anaga  muvofiq  kasbiy  malaka 

mutaxassisning  kompetentligi,  uni  shakllantirishga  qaratilgan  ta’lim  tizimi  esa  – 

bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi. 

Bo‘lajak  o‘qituvchini  tayyorlashda  muhim  pedagogik  shart-sharoitlar  sifatida 

quyidagilarni e’tirof etish mumkin:  

- zamonaviy talablarga javob bera oladigan me’yoriy va o‘quv-metodik hujjatlar 

(davlat  ta’lim  standarti,  namunaviy  o‘quv  rejalari,  ishchi  o‘quv  rejalari,  namunaviy 

 

1



 Ш.Шарипов, Н.Муслимов, М.Исмоилова: “Касбий таълим педагогикаси”.Методик қўлланма. – T. 2005 й. 

"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842

November 2021 / Volume 2 Issue 11

www.openscience.uz

986



o‘quv  dasturlari,  ishchi  dasturlari,  darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalar,  metodik 

tavsiyanomalar,  qo‘shimcha  maxsus  adabiyotlar,  ko‘rsatmali  vositalar,  dars 

ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi; 

-  ilmiy  pedagogik  xodimlar  (professor,  dotsent,  o‘qituvchi,  malakali  o‘quv 

ustalari,  texnik  xodimlar)ning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarining  yuksakligi,  kasbiy 

kompetentlik  darajasining  etarlicha  shakllanganligi  hamda  ilmiy  salohiyatga  ega 

bo‘lishi;  

- o‘quv jarayonining moddiy-texnik (o‘quv binolari, o‘quv auditoriyalari, o‘quv 

ustaxonalari, 

amaliy-laboratoriya 

jihozlari), 

axborot 


texnologiyalari 

(radio, 


televidenie,  kompg‘yuter,  nusxa  ko‘chirish  qurilmalari,  laboratoriya  asbob-

uskunalari,  audio,  video,  multimediya,  trenajyorlar,  kinoproektorlar,  diaproektorlar, 

videoproektorlar,  texnik  vositalar  majmuining  mavjudligi  va  hokazolar)  jihatdan 

etarlicha ta’minlanganligi; 

-  ijtimoiy  va  o‘quv-texnologik  jihatdan  qulay  muhit  (o‘qituvchilar,  talabalar, 

rahbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o‘zaro munosabatlari mazmuni, 

yo‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi; 

-  tashkiliy  hamda  o‘quv-amaliy  faoliyatning  izchil,  uzluksiz  hamda  tizimli 

yo‘lga qo‘yilganligi. 

2

 



«O‘qituvchining  kasbiy  kompetentligi»  tushunchasiga  berilgan  ta’rif  va 

tavsiflarni  umumlashtirib,  uni  quyidagicha  talqin  etish  mumkin:  O‘qituvchining 

kasbiy  kompetentligi  –  pedagog  faoliyatida  kasbiy  kompetentlik  muhim  jihatlaridan 

biri  bo‘lib,  pedagogning  faqatgina  kasb  va  kasbiy  faoliyatni  amalga  oshirish  bilan 

bog‘liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi. 

Buning uchun u: 

-

 

ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo‘lishi; 



-

 

ijodiy  izlanishlarning  samaradorligi  o‘qituvchining  pedagogik,  psixologik  va 



nazariy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lishini esda tutishi lozim. 

Funksiyalarni  to‘g’ri  bajarish  uchun  pedagog  kompetentlik  va  kompetensiya 

tushunchasini  bilishi,  har  tomonlama  rivojlanib,  kasbiy  o‘sishi  uchun  qaysi 

yo‘nalishda harakatlanishini bilishi kerak. Professionallik va kompetentlik bir-biriga 

o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda 

nafaqat  ma’lum  bilimlar,  balki  mehnatga  bo‘lgan  munosabat,  ishning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari  tushuniladi.  Rivojlangan  kompetensiyalar  darhol  seziladi,  chunki 

professional  pedagog  o‘z  ko‘nikmalarini  rivojlantirishga  harakat  qiladi,  muayyan 

maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular 

odatda  ish  jarayonining  standartiga  mos  keladi.  Kompetentlik  esa  biroz  murakkab 

mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni 

qo‘llash  qobiliyatini  ham  taqozo  etadi.  Kompetentlik  faqat  keng  qamrovli  baholash 

 

2

 Ш.Шарипов, Н.Муслимов, М.Исмоилова: “Касбий таълим педагогикаси”.Методик қўлланма. – T. 2005 й. 



"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842

November 2021 / Volume 2 Issue 11

www.openscience.uz

987



va  kuzatish  paytida  aniqlanishi  mumkin.  Professionallik  va  kompetentlik 

tushunchalari  umumiy  xususiyatlarga  ega.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  har  doim  ham 

belgilangan  talablar  va  standartlarga  to‘liq  mos  keladigan  odamlar  chinakam 

professionallar  bo‘lavermaydi,  sabab,  ba’zilari  bilimlarni  amalda  qanday  qo‘llashni 

bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi.  

Kasbiy  pedagogik  kompetensiyalarni  alohida  turlarga  ajratish  maqsadga 

muvoqdir:  

- Maxsus pedagogik kompetensiya  

- pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga 

ega bo‘lish.  

Bundan tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay  olishi va 

mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog’liq.  

- Ijtimoiy pedagogik kompetensiya  

-  ijtimoiy  vakolat  darajasi  pedagogning  hamkasblari  bilan  munosabatlarni 

samarali  qurishi,  birgalikdagi  harakatlarni  rejalashtirish  qobiliyatini  belgilaydi. 

Samarali aloqa ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik  

- bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan.  

- Shaxsiy pedagogik kompetensiya  

-  bu  pedagogik  ishni  oqilona  tashkil  etish  qobiliyati  bo‘lib,  vaqtni  boshqarish, 

shaxsiy o‘sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir.  

Shaxsiy  pedagogik  kompetensiyaning  yuqori  darajasi  ega  bo‘lgan  ishchilar 

charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir. Kompetensiyaning har bir 

turi ko‘nikmalar, bilimlar, ko‘nikmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Pedagoglarda ular 

turli  darajalarda  namoyon  bo‘ladi.  Xizmat  vazifalarini  bajarishda  uning  xatti-

harakatlari  ko‘rsatkichlariga  e’tibor  berib,  u  yoki  boshqa  kompetensiyalar  qanday 

rivojlanganligini 

aniqlash 

mumkin. 


Kompetentlik 

qanday 


shakllanadi? 

O‘qituvchining  kompetentligini  shakllantirish  uchun  asosiy  narsa  bu  maxsus  kasbiy 

ta’limdir.  Kelajakda  amaliyotda  olingan  bilim  va  ko‘nikmalar  boshlang’ich 

kompetensiya darajasini to‘ldiradi. 

Ko’p  bosqichli  ta’lim  tizimida,  yangi  standartlar  va  dasturlar  doirasidagi  ta’lim 

jarayonini eskirgan uslubiyat bo’yicha olib borilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ta’lim 

tizimidagi  keng  qamrovli  tarkibiy  islohatlarni  respublika  pedagoglari  ilg’or 

pedagogik  texnologiyalarni  o’zlashtirish  va  o’quv  jarayoniga  qo’llash  bilan 

mustahkamlashlari  zarur.  Avval  ta’kidlanganidek,  buning  uchun  pedagoglarimizni 

o’quv jarayoniga texnologik yondashuvlarini o’rgatish talab etiladi, bu esa pedagogik 

texnologiyadan  foydalanishdan  tashqari  uni  O’zbekiston  madaniyati,  an’analari  va 

tajribasi bilan boyitishga olib keladi. 




Yüklə 271,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə