Kegl cc pechat indd



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134
6-sinf Fizika

o‘lchashlar xatoligi
deyiladi. O‘lchov 
asboblarida uning qiymati shkalaning dara 
jasidan katta bo‘lmaydi. 
Predmet uzunligi o‘lchov asbobining shkalasidagi shtrix bilan 
ustma-ust tushganda ham baribir xatolik bo‘ladi. Bu inson ko‘zi 
imkoniyatlari chegaralanganligi bilan bog‘langandir. Shunga ko‘ra 
o‘lchashlar xatoligi
o‘lchov asbobi 
ning shkalasi
darajasining yarmiga 
teng 
deb qabul qilingan.
Ko‘pincha uzunligi chizg‘ichning o‘lchash chegarasidan katta 
bo‘lgan hollar uchraydi. Masalan, stol uzunligini o‘lchash kerak 
bo‘lganda, boshqa uzun chizg‘ich bo‘lmasa, kalta chizg‘ichni ketma-ket 
bir necha marta stolga qo‘yib uning uzunligi o‘lchanadi. Bunda, har 
safar o‘lchash davrida xatolik yig‘ilib boradi.
Shunga ko‘ra, o‘lchashlar xatoligini kamaytirish uchun o‘lchash bir 
necha marta o‘tkaziladi. Buning uchun hattoki bir necha xil asbobdan 
ham foydalanishadi. Natijada, fizik kattalikka doir bir-biridan farq 
qiluvchi bir qancha qiymatlarga ega bo‘lamiz. U holda o‘lchanayotgan 
kattalik nimaga teng?
Buni aniqlash uchun, 
o‘rtacha qiymat
deb ataluvchi son 
hisoblab topiladi. Buning uchun o‘lchangan barcha qiymatlar 
qo‘shiladi va o‘lchashlar soniga bo‘linadi. Masalan, ikki marta 
o‘lchash olib borilgan bo‘lsa,
o‘rtacha qiymat

1-o‘lchangan qiymat + 2-o‘lchangan qiymat
2


16
Fizik kattalik qancha ko‘p marta o‘lchanib, uning o‘rtacha qiymati 
topilsa, kattalik shunchalik aniq chiqadi.
Ayrim o‘lchov asboblariga uning o‘lchash xatoligi foizlarda ham 
yozib qo‘yiladi. Masalan, ± 
5 degan yozuv asbob ko‘rsatishi haqiqiy 
kattalikdan + 5 yoki – 5 foizga farq qilishini ko‘rsatadi.
Kattaliklar o‘lchash xatoligini hisobga olgan holda quyidagicha 
yoziladi:

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə