Kegl cc pechat indd


-MAVZU PASKAL QONUNI VA UNING QO‘LLANILISHI



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134
6-sinf Fizika

24-MAVZU
PASKAL QONUNI VA UNING QO‘LLANILISHI
28- rasm.
Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘ring. Iste’ 
molda 
bo‘lgan bir marta ishla tiladigan shprits va bolalar 
puflaydigan sharni oling. Shprits ignasini 
sharchaga bir necha marta sanchib oling. Sharcha ichiga 
suv quyib, og‘zini ignasi olingan shpritsga kiydiring. 
Shprits porshenini asta-sekin bosing. Bunda shar 
ichidagi bosim ortadi. Sharcha teshikchalarining 
barchasidan suv otilib chiqa boshlaydi (28-rasm). 
Demak, porshen orqali berilgan bosim suyuqlik 
yoki gazda faqat porshen yo‘nalishida emas, balki 
hamma tomon 
ga uzatilar ekan. Bu qonuniyatni 
1653-yilda fran suz olimi 
Blez Paskal
o‘rgangan. Qonun 
quyidagicha ta’riflanadi.
Suyuqlik
 va 
gaz
 o‘ziga berilgan tashqi bosimni 
hamma tomonga o‘zga rishsiz uzatadi.
Suyuqlik yoki gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni uni tashkil 
qilgan zarralari orqali uzatadi. Zarralar bosimni uzatishi uchun 
ular harakatda bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham, ko‘pgina hodisalar 
(havoda hidning tarqa 
lishi, suvda siyohning erishi) suyuqlik va gaz 
zarralarining harakatda ekan 
ligini tasdiq 
laydi. Zarralar harakati tufayli 
idish devorlariga urilib
ichki bosim
ni hosil qiladi. Ichki bosim uchun 
Paskal qonuni quyidagicha ta’rifla nadi.
Og‘irlik kuchini hisobga olmaganda,
 suyuqlik
 yoki 
gaz 
zar-
ralarining idish devorlariga bergan bosimi hamma yo‘nalishda bir xil 
bo‘ladi.
Paskal qonunidan texnikada keng foydalaniladi. Barcha avtomo-
billarda, poyezdlarda qo‘llaniladigan tormozlash sistemasi, yer 
qazuvchi, yuk ortuvchi traktorlarda 
gidrav lik press
deb ataluvchi 
qurilma ana shu qonun asosida ishlaydi.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə