Kegl cc pechat indd



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134
6-sinf Fizika

Amaliy topshiriq
Fizika kitobingizning bir varag‘i qalinligini aniqlang. (Yordam: 
100 ta varaqning qalinligi chizg‘ich bilan o‘lchanadi. Natija 100 ga 
bo‘linadi.)
7- MAVZU
O‘LCHASHLAR VA O‘LCHASH ANIQLIGI
Biz biror fizik kattalikni o‘lchamoqchi bo‘lsak, tegishli asbobdan 
foydalanamiz. O‘lchov asboblarida o‘lchanadigan kattalikni 
ko‘rsatadigan shkalasi bo‘ladi (2- 
rasmdagi chizg‘ich, sekundomer, 
shtangensirkul, menzurka). Shkalada shtrixlar chizilgan bo‘lib, ulardan 
ayrimlarining ro‘parasiga raqamlar yozilgan. Raqamlar yozilgan ikki 
qo‘shni shtrix orasida bir qancha raqamsiz, lekin kichik o‘lchamdagi 
shtrixlar chizilgan bo‘ladi. Mana shu ikkita qo‘shni shtrix oralig‘i 
shkalaning darajasi
deyiladi. O‘lchov asbobidagi ushbu eng kichik 
daraja 
asbobning o‘lchash aniqligi
deyiladi.
Asbob shkalasining darajasini aniqlash uchun asbob shkalasidagi 
ikki qo‘shni fizik kattalik farqi olinib, ular orasidagi ajratilgan oraliqlar 
soniga bo‘linadi. Masalan, chizg‘ichdagi shtrixda «1 sm» va «2 sm» 
deb yozilgan. Ular orasida 10 ta yozilmagan chiziqchalar bor. Demak, 
chizg‘ich shkalasining darajasi
= 0,1 sm. 


15
Chizg‘ichdagi chiziqcha va raqamlar 
chizg‘ich shkalasini
, qo‘shni 
ikkita chiziqcha oralig‘i 
o‘lchash aniqligini
ko‘rsatadi. Chiz 
g‘ich bilan o‘lchash mum kin 
bo‘l gan eng katta ma 
so fa
 
o‘lchash chega 
rasi
 
deyiladi.
Biror kattalikni o‘lchashdan oldin o‘lchanadigan kattalik o‘lchov 
asbobining imkoniyati bilan solishtiriladi. Masalan, qalam yoki 
ruchkaning uzunligini o‘lchash kerak bo‘lsa, uni o‘lchashga oddiy 
o‘quvchilar chizg‘ichining imkoniyati yetarli bo‘ladi. Chunki uning 
o‘lchash chegarasi qalam yoki ruchkaning uzunligidan katta. Lekin 
bunday o‘lchashda ham xatolik bo‘ladi. O‘lchash paytida bunday 
xatolik o‘lchanayotgan kattalik ikkita qo‘shni chiziq oraligiga 
to‘g‘ri kelib qolishidan hosil bo‘ladi. Fizikada o‘lchash davrida 
yo‘l qo‘yiladigan noaniqlikni 

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə