Kegl cc pechat indd


-MAVZU KUZATISHLAR VA TAJRIBALAR



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
6-sinf Fizika

5-MAVZU
KUZATISHLAR VA TAJRIBALAR
Atrofimizni o‘rab turgan olam haqidagi dastlabki bilimlarimizni 
hodisa larni kuzatish orqali olamiz.
Kuzatish
deb, sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, 
uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi.
Masalan, jismlarning Yerga 
tushishini juda qadimdan insonlar kuzatib kelishgan. Kuzatishlar 
davomida ikkita savol paydo bo‘lgan: nima sababdan jismlar erkin 
qo‘yib yuborilsa, pastga tomon harakatlanadi va tushish tezligi 
nimalarga bog‘liq? Bu savolga qadimgi grek olimi Aristotel javob 
topishga harakat qilgan. Aristotel, jismlar qancha og‘ir bo‘lsa, 
shunchalik tez tushadi, degan g‘oyani bergan. Italyan fizigi Galileo 
Galiley o‘z zamonasida mazkur g‘oyani tekshirish uchun tajriba 
o‘tkazadi. Afsonaga ko‘ra mashhur Piza og‘ma minoradan shar 
shaklidagi yengil va og‘ir jismlarni bir vaqtda tashlab ko‘radi. Bu 
jismlarning yerga bir vaqtda urilganiga u yerda hozir bo‘lganlar guvoh 
bo‘lishgan. Bu hodisani ko‘p marta o‘tkazganidan so‘ng, qonuniyat 
topilgan. Shunday qilib, Galiley tajriba vositasida Aristotel g‘oyasining 
noto‘g‘ri ekanligini isbotlagan.
Shunday qilib, jarayonni kuzatish davrida uning qanday borishi va 
sababini anglashga harakat qilamiz. Fikrlash davrida kuzatilayotgan 
hodisalar to‘g‘risida 
gipoteza
deb ataluvchi turli farazlar paydo 
bo‘ladi. 
Gipotezani 
tekshirish uchun maxsus 
tajriba
lar o‘tkaziladi. 
Uni shuningdek 
eksperiment 
deb ham aytish mumkin.
Tajribalar o‘tkazishda kuzatishlar bilan birgalikda o‘lchash ishlari 
ham olib boriladi. Masalan, suvning qaynashi o‘rganilayotganda, ter-
mometr bilan uning temperaturasi o‘lchab boriladi. U yoki bu gipo-


11
teza aytilganda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini eksperiment o‘tkazib 
aniqlay miz.
Shunday qilib, fizik bilimlar quyida keltirilgan ketma-ketlikda baja-
rilgan ishlar orqali hosil qilinar ekan:
kuzatishlar 

gipoteza 

eksperiment 

xulosa.
Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishla-
rini bajarish uchun 

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə