Kegl cc pechat indd


 Gazlarda tovushning tarqalishi



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134
6-sinf Fizika

1. Gazlarda tovushning tarqalishi. 
Stadionlarda o‘tkazilgan katta 
tadbirlarda turli uzoqlikda joylashgan radiokarnaylardan chiqqan bir 
xil ovozlarning bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin eshitil 
ganligiga 
e’tibor bergan bo‘lsangiz kerak. Osmonga otilgan mushak 
larning 
oldin charaqlagani, keyin uning portlagan ovozini ham eshitgansiz. 
Momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq chaqqanidan ancha keyin uning 
guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi 
yorug‘likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning 
havoda tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi 
M. Mersen o‘lchagan. Tovushning 20
°
C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 
km/soat ga teng. Bu kattalik miltiq o‘qining tezligidan taxminan ikki 
barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi ko‘tarilishi bilan 
ortadi. Tovush tezligi 10
°
C da 337,3 m/s, 0
°
C da 331,5 m/s, 30
°
C da 
348,9 m/s va 50
°
C da 360,3 m/s ga teng. Turli gazlar, suyuqliklar va 
qattiq jismlar uchun 0
°
C dagi tovush tezligi 5-jadvalda keltirilgan.
2. Suyuqliklarda tovushning tarqalishi.
Suyuq 
likda zarralar gazlarga 
nisbatan zichroq joylash 
ganligi tufayli ularda tovushning tarqalish 
tezligi kattaroq bo‘ladi. Tovushning suvdagi tezligini bi 
rinchi marta 
1826-yilda 
J. Kolladon
va 
Ya. Shturm
Shveysariyadagi Jeneva ko‘lida 
o‘lchashgan. 8
°
C li suvda o‘lchangan tezlik 1440 m/s ni tashkil etgan. 
Anhorlarda cho‘milganda suv tagida ikkita toshni urib ko‘rib, uning 


160
ovozini eshitgan o‘quvchilar bo‘lsa kerak. Tashqarida turib suv ichida 
hosil qilingan ovozlarni nega eshitmaymiz? Shunga qarab baliqlar ovoz 
chiqarmaydi, degan xulosaga ham borganmiz. Rus tilidagi «Baliqdek 
soqov» degan ibora shundan qolgan. Aslida baliqlar ham, boshqa 
suv hayvonlari 
– 
kitlar, delfinlar ham ovoz chiqarib, bir-biri bilan 
muloqotda bo‘ladi. Faqat suvda hosil qilingan ovozning 99,9% suv 
sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi shunday, havoda hosil qilingan 
ovoz ham suv ichiga o‘tmaydi.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə